Muhammad Rahimxon Feruz hayoti va ijodi (1844 - 1910) Reja: Feruz adabiy merosi va uning o'rganilishi. Shoirning tarjimai holi. Feruz -shoh va shoir. Feruz - adabiyot va san'at homiysi. Feruz va Xorazm adabiy muhiti. Feruz lirikasi. Feruzning o'zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi o'rni. Sayyid Muhammad Rahimxoni soniy - Feruz o'zbek adabiyoti, san'ati va tarixida muhim o'rin tutgan, hayotligidayoq o'z ijodi bilan e'tibor qozongan shoir va davlat arbobidir. U Xiva xonlari tarixida eng uzoq davr - 47 yil mamlakatni idora etib, elning obodonchiligi uchun kurashdi, mamlakat ichidagi o'zaro urushlarning oldini olishga harakat qildi. U o'z saroyida 40 ga yaqin shoir, sozanda, tarixchi, hattot va tarjimonlarni to'plab ularga homiylik qildi. Shoh va shoir Muhammad Rahimxon Feruzdan bizgacha «Devoni Feruz» devoni va «G'azaliyoti Feruz» majmuasi va bir qancha she'rlari yetib kelgan. Shu bilan bir qatorda Chokar, Devoniy, Tabibiy, Xodim kabi kotiblar tomonidan ko'chirilgan bayozlarda ham uning asarlari uchraydi. Shoir ijodining o'rganilishi o'z davridanoq boshlangan. Jumladan, Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning «Shohidi iqbol», Muhammad Yusuf Bayoniyning «Xorazm tarixi», Shajarai Xorazmshohiy, Muhammad Ali Laffasiyning «Xeva shoir va tarixchilarining tarjimai hollari», Bobo Tarroh Azizovning «Xorazm navozandalari» asarlarida Feruz hayoti va ijodi haqida keng ma'lumot beriladi. Shuningdek, Feruz hayoti, ijodi, ijtimoiy faoliyati haqida 60- 70 yillarda G'.Karimov, M.Yunusov tadqiqlarida, Y.Yusupov Ayyomiyning «Xorazm shoirlari» va «O't chaqnagan satrlari» kitoblarida, keyinroq, V.Abdullayev, B.Valixo'jayev, N.Jumayev, I.Adizova kabi adabiyotshunoslarning tadqiqotlarida qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Feruz hayoti va ijodini jiddiy o'rganish istiqloldan keyin boshlandi. Davlatyor Rahim va Shixnazar Matrasul qalamiga mansub bo'lgan «Feruz shoh va shoir qismati» (1-kitob) deb nomlangan kitob Feruz haqida, bevosita u bilan aloqador bo'lgan hodisalar, shaxslar, u kishining yaqinlari, farzandlari, nabiralari - shajara vakillari, yana shoir Feruzning tabiati, fe'li, odatlari haqida keng ma'lumot beruvchi ilk yaratilgan asardir. 1994 yilda Feruz tavalludining 150 yilligi munosabati bilan shoir haqida ilmiy, badiiy asarlar yaratildi, asarlari qaytadan nashr etildi. Chunonchi, shoirning 1994 yilda «Elga shohu ishqqa qul nomli devoni, «Ne bo'ldi yorim kelmadi she'rlar guldastasi nashr qilindi. 1995 yil Gulsara Ismoilova Feruz davri Xorazm adabiy muhiti mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1995 yilda iqtidorli olim Nusratilla Jumaxo'ja Feruz - madaniyat va san'at homiysi asarini yaratdi. Xudi shu yili Davlatyor Rahim, Shixnazar Matrasul, Nusratulla Jumaxo'jalarning hammualliflikdagi Feruz: Shoh va shoir qismati kitobining ikkinchi qismi nashrdan chiqdi. Bulardan tashqari, E.Zohidovning Xorazm fojiasi qissasi, K.Avazning «Saqili navo dostoni, S. Avazning Temirg'ozi to'ra haqidagi qissalarida ham Xiva xoni Sayyid Muhammad Rahimxoni Bahodirxoni soniy Feruz haqida tarixiy-badiiy lavha yaratildi. Bularning barisi Feruzning hayoti va ijodi ham badiiy, ham ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
441.99 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
441.99 KB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:21 ]
Arxiv ichida: doc