MUHAMMAD RIZO OGAHIY (1809-1874) 9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 6-mavzu Shoir, tarjimon, tarixnavis hamda davlat va jamoat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy xalqimiz tarixida o'ziga xos o'rniga ega bo'lgan serqirra iste'dod sohibidir. U ijodining ko'lami, she'riyatining ko'rkamligi va badiiy salmog'i bilan Navoiydan keyingi o'rinda turuvchi sermahsul va serqirra shoir hisoblanadi. Ayni paytda, xalqimiz o'tmishini haqqoniy aks ettirgan bir necha nodir asarlari bilan tarix ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan olim sifatida e'tirof etiladi. Shuningdek, uning juda ko'plab tarixiy va badiiy asarlarni fors tilidan ona tilimizga o'girib, ularni xalqimizning ma'naviy merosiga aylantirishdagi xizmatlari tahsinga loyiqdir. Ogahiy 1809- yili 17- dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Erniyozbek mirob oilasida tavallud topdi. Shu yerda boshlang'ich ma'lumotni oladi. Yoshligida otasi vafot etib, adabiyotimizning yana bir yorqin siymosi bo'lmish amakisi Munisning tarbiyasida bo'ldi. U maktab, keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini, tarix ilmini puxta o'rgandi. 1829- yilda Munis vafot etgach, hukmdor Olloqulixon uning o'rniga Ogahiyni mirob (suv ishlari boshqaruvchisi) etib tayinlaydi. Suv tanqis bo'lgan Xorazmda miroblik nihoyatda mas'uliyatli vazifa bo'lib, uni ishonchli va halol odam boshqarishi lozim edi. Shu davrdan Ogahiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati boshlanadi. U davlat ishlari bilan mashg'ul bo'lar ekan, badiiy ijod hamda ilmiy faoliyatini to'xtatmadi. Saroy tarixchisi vazifasini ham olib borayotgan Ogahiy 1839- yilda Munis boshlab qo'ygan Firdavs ul-iqbol (Iqbol bog'i) asarini davom ettirib, Xiva xonligining 1825- yil-gacha bo'lgan tarixini yozib tugatdi. 1844- yilda xonlik tarixini shu yil-gacha bo'lgan voqealarini o'z ichiga olgan Riyoz ud-davla (Saodat bog'lari) kitobini tamomladi. 1845- yildan Ogahiy hayotidagi og'ir va musibatli davr boshlanadi. Shu yili miroblik ishlari bilan safarda yurganda tasodif tufayli oyog'i qattiq shikastlanadi va hali yigit yoshidayoq to'shakka bog'lanib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yo'ldoshidan ham ajraladi. 1857- yilda miroblikdan iste'fo berishga majbur bo'ladi. Lekin bu musibatlar oldida u chekinmadi. Kuchli iroda, hayotni sevishi Ogahiyni ijodga, izlanishga undadi. 1846- yilda Zubdat ul-tavorix (Tarixlar qaymog'i), 1847-1855- yillarda esa Jome ul-voqeoti sultoniy (Sultonlik voqealarining yig'indisi) tarixiy asarlarini yozdi. Tarjimalar bilan shug'ullanib, Kaykovusning Qobusnoma, Nizomiy Ganjaviyning Haft paykar, Sa'diy Sheroziyning Guliston, Badriddin Hiloliyning Shoh va gado, Abdurahmon Jomiyning Yusuf va Zulayho va boshqa qator asarlarni o'zbekchalashtirdi. XIX asrning oltmishinchi yillarida Gulshani davlat va Shohidi iqbol (Baxt shohidi) tarixiy asarlarini yozdi. Ogahiy 1874- yilda vafot etdi. Ogahiyning asosiy she'riy merosi ona tilida yozilgan bo'lib, Ta'viz ul-oshiqin devonida to'plangan. Ta'viz ul-oshiqin - Oshiqlar tumori degani. Devon ma'rifatparvar shoh va shoir Feruz - Muhammad Rahimxon Soniy (ikkinchi)ning taklifi va talabi bilan tuzilgan. Bu devon XIX asr o'zbek ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.75 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:21
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.75 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:21 ]
Arxiv ichida: ppt