Muhammad Shaboniy ijodiy merosining germenevtik tahlili

Muhammad Shaboniy ijodiy merosining germenevtik tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Shaboniy ijodiy merosining germenevtik tahlili - rasmi

Material tavsifi

Muhammad shaboniy ijodiy merosining germenevtik tahlili Reja: Shaboniy asarlarining matn va lisoniy manbalari Shaboniy lirikasi poetikasi Shaboniy lirikasida so'zlarning shakl va ma'no paradigmalari germenevtikasi Shoirning badiiy - tasviriy vositalar orqali matn germenevtikasini shakllantirish mahorati G'azalda simvol germenevtikasi Temuriylardan keyin qariyb yuz yil hukm surgan shayboniylar sulolasiga asos solgan Muhammad Shaboniyning siyosiy faoliyati ozmi-ko'pmi o'rganilgan bo'lsa-da, lekin uning adabiy-ijodiy merosi uzoq vaqtlar e'tibordan chetda qolib keldi. Muhammad Shaboniy o'z davrida sohibi devon shoir sifatida ma'lum va mashhur bo'lgan. Uning lirik merosi g'azal, qasida, ruboiy, tuyuq, muammo va boshqa janrdagi she'rlardan iborat. Bundan tashqari Shaboniy til ilmi va islom qonunshunosligiga oid risolalar tuzganligi haqida ham ma'lumotlar mavjud. Shaboniy devoni O'zbekistonda kam o'rganilgan, shu bois shoirning ijodiy olami hamda lirik merosining o'zbek poetik tili, badiiy tafakkur taraqqiyotiga qo'shgan hissasini aniqlash borasida asarlarining poetik - germenevtik va lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shaboniy o'zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tiliga yangi, xalqchil ruh olib kirgan. Alisher Navoiy ijodiy merosining salmog'i qanchalik ulkan va ahamiyatli bo'lmasin shuni qayd qilish lozimki, Navoiy xalq tili bilan adabiy til o'rtasida ma'lum darajada bo'shliq yaratdi. Uning asarlarida nihoyatda keng qo'llangan arabcha, forscha so'z, so'z shakllari va klishelar adabiy tilni sun'iylashtirib yubordi. Binobarin, badiiy adabiyot tili ko'p hollarda omma uchun tushunarsiz bo'lib qoldi. Navoiyning lisoniy an'analari uzoq vaqt o'zbek mumtoz adabiyotida ustunlik qildi. Biroq XVI asrning boshlaridayoq Bobur, Muhammad Solih va Shaboniy kabi ijodkorlar asarlarida xalqchillikka moyillik sezila boshlangan edi. Shaboniy lirik merosining o'zbek mumtoz adabiyoti adabiy tili taraqqiyoti borasidagi o'rni va ahamiyatini belgilashda shu tamoyillarga asoslanish kerak. Shaboniy asarlarining matn va lisoniy manbalari Shaboniy ijodiy merosining matn xususiyatlari tahlili shuni ko'rsatadiki, shoir o'z asarlarida lirik holatni tashqi ijtimoiy-siyosiy muhit bilan bog'lashga intilgan, holbuki, she'rlari xuddi kuzatilayotgan ijtimoiy-tarixiy voqealarni izohlab berayotgandek tuyuladi. Shoir asarlarini tushunishning muhim halqasi sifatida uni o'rab turgan ijtimoiy muhit ishtirok etar ekan, yuqorida biz Bayron lirikasining otashin inqilobiy ildizlarini ijtimoiy muhit ta'siridagi ruhiy-psixologik kechinmalar bilan bog'lagan edik. Shu bois Shaboniy asarlari poetikasi tahlili avvalida shoir tug'ilib o'sgan va yashab voyaga etgan muhitning qisqacha etnik-lisoniy tahlili lirik asarlar yaratilishiga turtki bergan holat va sabablar, asarlarning g'oyaviy arxitektonikasi, matn xususiyatlari, asarlarda falsafiy-estetik, individual badiiy tafakkur qirralarini anglashga, badiiy ruh ildizlarini topishga xizmat qiladi. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq markazida chingiziy shahzoda Abulxayrxon boshchiligida ko'chmanchi o'zbeklar davlati tuzildi. Bu davlatning ildizlarini chingiziylar zamonida shakllangan Oltin O'rda davridan qidirish lozim, chunki o'zbeklar davlati Oltin O'rda davlatining, aniqrog'i, uning sharqiy qismi hisoblangan Ko'k O'rdaning xarobalarida vujudga keldi. Botuxonning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga