Muhammad Sodiq Qoshg'ariy

Muhammad Sodiq Qoshg'ariy

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Sodiq Qoshg'ariy - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Sodiq Qoshg'ariy (1740-1834) Muhammad Sodiq Qoshg'ariy haqida bizgacha juda oz ma'lumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma'lum bo'lgan Odob as-solihin asarining o'ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy 1740 yilda Qoshg'arda kambag'al dehqon oilasida tug'ilgan va 1843 yilda u shu yerda vafot etgan. Biz olimning qay darajada tarbiyashunos ekanligini u tomonidan yaratilgan asarlarning mazmunidan bilamiz. Bizgacha uning Odob as-solihin (Yaxshi kishilar odobi), Zubdat al-masoyil (Masalalarning qaymog'i), Dur al-muzoxir (Ko'makdoshlarning durdonasi) hamda Tazkirai xojagon (Xojalar tazkirasi) nomli asarlari yetib kelgan. Sharqning buyuk allomalari - Yusuf Xos Hojib, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Sa'diy SHeroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar yuksak axloqiylikni shakllantirishga oid yirik asarlar, hikmatlar yaratganlar. Shu bilan birga xulq-odob tarbiyasiga oid Axloqi Muhsiniy, Axloqi Jaloliy, Axloqi Nosiriy, Qobusnoma kabi asarlar yaratilgan. O'zida shaxs va uning tarbiyasini yo'lga qo'yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an'anasi mavjud bo'lgan davrda Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan turkiy tilda Odob as-solihin (Yaxshi kishilar odobi), Zubdat as-masoyil (Masalalarning qaymog'i) nomli asarlar yaratildi. Odob as-solihin asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan. Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. Odob as-solihin asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan yaratilgan Odob as-solihin asari muallifning o'zi ta'kidlab o'tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo'lib, har bir bob o'zida 4 faslni aks ettiradi. Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko'zda tutilgan maqsad borasida so'z yuritilar ekan, insonning ijobiy xulq-atvorga ega bo'lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy xulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi. Ayi o'rinda quyidagi masnaviyni keltiradi: Beadab tanho va xudro dosht bad, Balki otash dar xama ofoq zar. (Adabsiz nafaqat o'zi uchun yomonlik qiladi, Balki butun dunyoga o't qo'yadi). Shunday ekan, har bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 445.97 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 445.97 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga