ZIYO ISTAGAN QALBLAR UCHUN MUHAMMAD YUSUF 62 YILLIGI MUNOSABATI BILAN!! Hozirgi davr o'zbek milliy' adabiyotining ko'zga ko'ringan iste'dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumaii, Qovunchi qishlog'ida oddiy oilada tavallud topdi. O'rta maktabni tugatgandan so'ng Respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978-1980 yillarda Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro'znomasida, 1986-1992 yillarda esa G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, hozir esa «O'zbekiston ovozi» ro'znomasida faoliyat ko'rsatmoqda. U o'nga yaqin she'riy to'plamlarning, o'nlab qo'shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she'rlari birinchi bor «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» ro'znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so'ng «Tanish teraklar (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko'nglimda bir yor (1990), «Bevafo ko'p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi. U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she'riyati butun ma'naviyatga to'la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohang ko'rinadi. Shoirnig «Mehr qolur» she'rini eslang-a: Umrining oxirgi 4-5 yilida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo'ldi. U Tanish teraklar (1985), Bulbulga bir gapim bor (1987), Iltijo (1988), Uyqudagi qiz (1989), Halima enam allalari (1989), Ishq kemasi (1990), Ko'nglimdagi yor (1991), Bevafo ko'p ekan (1991), Erka kiyik (1992), Yolg'onchi yor (1994), Osmonimga olib ketaman (1998) to'plamlarining muallifi. 1998 yilda unga O'zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. Ulug'vor muhabbat, o'talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o'g'illik sadoqati - shoir she'rlari asosini belgilaydi. M. Yusuf 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, tug'ilgan qishlog'idagi qabristonga dafn etildi. ONAMGA XAT Men sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmayman, Tunlari charog'on shunday shaharda, Hech kimga ko'nglimni yora olmayman. Men siz aytgandayin hammani sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim, Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat. Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men - zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman… Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim, Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos. Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim, Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos. Va sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmasdan. Tunlari charog'on shunday shaharda Hech kimga ko'nglimni yora olmasman… Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Ko'yinmang, ne iloj qilmasa nasib. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:21 ]
Arxiv ichida: pptx