Muhammad Yusuf Bayoniy hayoti va ijodi

Muhammad Yusuf Bayoniy hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Yusuf Bayoniy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Yusuf bayoniy hayoti va ijodi (1840-1923) Reja: Bayoniy ijodiga munosabat masalasi. Bayoniyning hayot yo'li. Shoir lirikasi. Bayoniy sheriyatining badiiy qiyofasi. Bayoniy - tarixnavis. Bayoniyning Xorazm adabiy muhitida tutgan o'rni. Shoir va tarixchi olim, tarjimon va xattot, tibbiyot ilmining bilimdoni, qomusiy bilim egasi Muhammad Yusuf Bayoniy XIX asrning II yarmida Xorazm adabiy, ijtimoiy-madaniy muhitida shakllangan va kamol topgan siymodir. Shoir ijodini o'rganishda asosiy birlamchi manbalari uning asarlari, bir sheriy devoni, «Shajarai Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» kitoblaridir. Ijod namunalari kitobat qilingan bayoz-majmualarda, 1905-1923 yillardagi ijodiy namunalari esa o'sha davr vaqtli matbuotlarida ham uchraydi. Shuningdek, Xiva adabiy muhitiga oid manbalar - Muhammad Rizo Ogahiyning «Shohid-ul iqbol», Ahmad Tabibiyning « Majmuat-ush shuaro Feruzshohiy», Hasanmurod Laffasiyning «Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai holi» kabi asarlarida u haqida ma'lumotlar uchraydi. Ogahiy, Tabibiy va Laffasiylar shoir haqida ma'lumotlar berar ekan, uni shaxs va shoir sifatida yuksak baholaydilar. XIX asrning II yarmi XX asr boshlari Xorazm adabiy muhiti, uning namoyandalari ijodi haqida yaratilgan deyarli barcha ilmiy tadqiqotlarda hamda bu davrdagi Xorazm tarixini yorituvchi tarixiy-ilmiy asarlarda shoirning hayoti va ijodi bilan bog'liq fikr va mulohazalar bor. Shuningdek, akademik Y.M. Yo'ldoshevning 1960 yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan «Xeva davlat hujjatlari» nomli kitobida Bayoniyning saroydagi xizmati va musiqagago'yligiga oid ma'lumotlar berilgan. O'tgan asrning 60- yillarida Bayoniy ijodiga bo'lgan etibor yanada jonlandi. 1960 tarixnavis olim Q.Munirovning «Munis, Ogahiy va Bayoniylarning tarixiy asarlari» risolasi elon qilindi. Mazkur risolada «Shajarai Xorazmshohiy»ning O'rta Osiyo tarixini o'rganishdagi ahamiyati malum darajada yoritiladi. 1962 yilda esa S. G'anieva va H. Muxtorova Bayoniy ijodini ommalashtirish ishlarini yo'lga qo'yadilar, uning sherlarini yig'ib, kitob shakliga keltirib, «G'azallar» nomi bilan elon qiladilar. 1967 yildagi Yu. Yusupovning Xorazm shoirlari kitobi, 1976 yil adabiyotshunos J. Jumaboevaning O'zbek tili va adabiyoti jurnalida chop etilgan Bayoniy ijodining ayrim xususiyatlari maqolasi ham shoirning hayoti va ijodi haqida malum tasavvurlarni beradi. Ammo shoir ijodini jiddiy va keng ko'lamda o'rganish 90-yillardan boshlandi. Bu davrda Bayoniy hayoti va ijodini o'rganish, nashr etish qizg'in va samarali olib borildi. Bu xayrli ishning boshida adabiyotshunos Iqboloy Adizova turdi. I. Adizova 1990 yili Bayoniyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1994 yilda Iqboloy Adizova sayi-harakatlari bilan «Shajarai Xorazmshohiy»ning qisqartirilgan ixcham nashri elon qilindi. 1995 yilda ea ushbu muallifning N. Jumaxo'ja bilan hammualliflikdagi «So'zdin baqoliroq yodgor yo'qdir» risolasi bosilib chiqdi. Ko'rinadiki, Bayoniy hayoti va ijodini tadqiq qilish mustaqillik yillari yangi bosqichga ko'tarildi. Shoirning hayot yo'li. Muhammad Yusufbek Xeva qalasining orqa tarafidagi Qiyot qishlog'ida 1840 yilda dunyoga keldi. Uning otasi Bobojonbek Olloberdi to'ra 1804-1806 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 452.53 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 452.53 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga