Muhammad Yusuf 2

Muhammad Yusuf 2

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Yusuf 2 - rasmi

Material tavsifi

8-sinf adabiyot darsligi asosida 25-mavzu: O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan iste'dodli shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday be-takror shoirlardan biri, shubhasiz, O'zbekiston xalq shoiri, xalqimiz-ning bulbulzabon farzandi Muham­mad Yusuf edi. U 1954- yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898- yilda mashhur Dukchi eshon qo'zg'oloni bo'lib o'tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlog'ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug'ildi. Mana shu qishloqda beg'ubor bolaligi, sho'x-shodon o'smirligi o'tdi. Nechun qulluq qilmay Andijonga men -Shu yurtda tug'ildim, shu yurtda o'sdim. Agar do'stim bo'lsa, bitta u do'stim -Nechun qulluq qilmay Andijonga men! Yodimga o't tushsin, etmasam yodlar -Dukchi eshonlari qilgay faryodlar. Uni tavof etgan Mashrabdek zotlar, Nechun qulluq qilmay Andijonga men! - deb yozadi keyinchalik shoir. O'rta maktab ta'limini olgach, Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o'qishga kiradi va uni 1978- yilda bitiradi. Uning dastlabki she'rlaridan namunalar 1976- yilda «0'zbekiston madaniyati» haftaligi sahifalarida chop etilgandi. Bu paytlar o'zbek she'riyati o'zining yangi yuksalish pog'onasiga ko'tarilgan, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron singari ko'plab iste'dodlar o'rtasida o'ziga xos ijodiy musobaqa avjga chiqqan edi. Bu ijod davrasiga dadil kirib borish, o'ziga mos o'rinni egallash oson ish emas edi. Bu ishning uddasidan chiqa olgan, adabiy ja-moatchilik nazarini o'z tomoniga qarata olgan shoirlardan biri Muhammad Yusuf bo'ldi. Muhammad Yusuf she'riyatning turli yo'nalishlarida esda qolarli asarlar yaratayotgan qalamkash do'stlari, ustozlari orasida o'zini shoir sifatida isbot qilishga astoydil harakat qildi: Shoir shunday ko'pki, ularga yer tor, Hammasi mashhur va hammasi nomdor, Ulug'vor, ularga yetmoq ko'p dushvor. Ammo ular oyga bosib yuzini Turganda osmonin bag'riga ilk bor Biz olib borgaymiz tuproq isini, Gulday dimog'iga tutamiz, qizim, Biz hali hammadan o'tamiz, qizim! Muhammad Yusuf 1997-yildan e'tiboran O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari etib tayinlandi. Garchi uning she'rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo'lsada, birinchi she'riy to'plami nisbatan kech-1985-yildagina e'lon qilingandi. Shundan keyin shoirning «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Ishq kemasi», «Ko'nglimda bir yor», «Bevafo ko'p ekan», «Yolg'onchi yor», «Erka kiyik», «Osmonimga olib ketaman» singari o'nlab she'riy majmualari o'quvchi qo'liga yetib bordi. U yirik poetik janrlarga ham murojaat etib, «Osmonning oxiri», «Qora quyosh» singari dostonlar yaratdi. Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go'zal she'rlari o'zining samimiyligi, soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning «Vatanim», «Xalq bo'l, elim», «Dunyo», «Inshoolloh», «0'zbekmomo», «Iqror», «Tilak» singari o'nlab she'rlari chinakam she'riyat yurtni qanday kuylamog'i lozimligini isbotlagan asarlar bo'lib qoldi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 19.7 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 19.7 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga