Muhammad Yusufning hayoti va ijodi

Muhammad Yusufning hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Yusufning hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Yusufning hayoti va ijodi O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O'zbekiston xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi. U 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo'zg'oloni bo'lib o'tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlog'ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug'ilgan. Mana shu qishloqda bolaligi, sho'x-shodon o'smirligi o'tdi. U o'nga yaqin she'riy to'plamlarning, o'nlab qo'shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she'rlari birinchi bor «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» ro'znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so'ng «Tanish teraklar (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko'nglimda bir yor (1990), «Bevafo ko'p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi. U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she'riyati butun ma'naviyatga to'la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohang ko'rinadi. O'zbekiston xalq shoiri (1998). Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1978). Ilk she'rlar to'plami - «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko'nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko'p ekan», «Yolg'onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995), «Osmonimga olib ketaman» (1998), «Ulug'imsan, vatanim» (2004) kabi she'riy kitoblari nashr etilgan. 2001 yil 31 iyulda Ellikqal'a tumanida vafot etgan. Muhammad Yusuf Yomonga o'lim yo'q, yaxshiga kun yo'q, Tomiringga qo'shib olishar uzib. Bobur yo'q, Cho'lpon yo'q,Majnun yo'q, Muhammad Yusuf yo'q, Muhammad Yusuf. Bir qiz yig'lab borar, soddagina qiz, Yig'lar kitob bilan yuzini to'sib. Balki sevgilingiz, balki singlingiz, Muhammad Yusuf yo'q, Muhammad Yusuf. Uydan mozorgacha yuz odimcha yo'l, Aylanib kelamiz yurtlarni kezib. Kimga ko'ngil berib, kimga esa qo'l Muhammad Yusuf yo'q, Muhammad Yusuf. Tirikka mehr yo'q, marhumga qahr, Nima topding, aka, tuproqqa tushib? Uzala tushgancha bo'zlaydi qabr, Muhammad Yusuf yo'q, Muhammad Yusuf. Qizg'aldoq bosh egib turar bag'ri qon, Shoir yuragidan chiqqanmi o'sib? «Nega yig'lamaysan, ahli Turkiston?»* Muhammad Yusuf yo'q, Muhammad Yusuf. Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim, O'zim xoqon, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg'izim, Yagonam deymi, Topingan kosxonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, Vatanim… Shodon kunim gul otgan sen, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 759.6 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 759.6 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga