Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan Xalq dostonlarini hayratomuz xotirasida saqlab bizgacha madaniy meros sifatida yetib kelishga munosib hissa qo'shgan ustoz bahshilardan biri Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkandir. Po'lkan dostonchiligi tarixida kamdan kam uchraydigan iste'dod egasi edi. U yetmishdan ortiq dostonlarni yod bilgan, o'nlab termalar ijod qilgan noyob bahshi edi. Vatanparvarlik ruhida yaratilgan uning Temirxon podsho dostoni keyinchalik Chambil qamali nomi bilan e'lon qilingan va bir necha yillari davomida o'rta maktablarning adabiyot dasturidan o'rin olgan. Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan 1874- yilda Samarqand viloyatining Xatirchi tumanidagi Qatag'on qishlog'ida tug'ildi. U ota-onasidan yoshligidayoq yetim qoldi. Turmush qiyinchiliklari Muhammadqulni o'n yoshga to'lganidanoq mehnat bilan shug'ullanishga majbur qildi. Taxminan, 1884- yildan boshlab tirikchilik maqsadida goh dehqonchilik, goh podachilik bilan shug'ullanadi. bahshilarning aksariyati podachilik bilan kun o'tkazishar ekan, do'mbira chertishni mashq qilishgan. Keng dala. Asosiy yumush qo'y- echkilarning tarqab ketmasliklariga ko'z-quloq bo'lib turishdan iborat. Shu bois kuni bo'yi vaqtning o'tishi uchun do'mbira chertishni mashq qilish ma'qul hisoblangan. Po'lkan ham turmush alamlarini do'mbira chertishdan olgan bo'lsa, ajab emas. Undagi bahshilik iste'dodini sezgan Qo'rg'on dostonchilik maktabi vakili ustoz san'atkor Jassoq bahshi Muhammadqulni o'ziga shogird qilib oladi. Shundan keyin yosh Muhammadqul hayotida o'zgarish ro'y beradi. Uning oldida hayotida ko'zda tutgan maqsad paydo bo'ldi. Bu maqsad yosh yigitni kecha-yu kunduz mehnat qilishga chorladi. Jassoq tarbiyasida to'rt yil muttasil doston aytish sirlarini o'rgandi. 25 yoshida bahshilik sinovidan o'tib, mustaqil bahshi sifatida nom qozona boshladi. Ammo Muhammadqul nihoyatda o'ziga talabchan inson edi. Shuning uchun mustaqil bahshi bo'lishiga qaramay o'z ustozi huzuriga tez-tez borib uning bisotidagi dostonlarning hammasini o'zlashtirmagunga qadar tinchimadi. Nihoyatda, Jassoq bahshi bilgan hamma asarlarni yod oldi, ba'zan ularga o'zining xohishi bilan ayrim yangiliklar kiritib kuylab yurdi. Lekin hayot unga yana bir sinovni tayyorlagan edi. Otasidan meros bo'lib qolgan bir parcha yerdan keladigan daromad ro'zg'or tebratishga yetmay turgan bir paytda birinchi jahon urushida qatnashayotgan chor Rossiyasi Turkiston o'lkasidan mardikorlikka olish haqida farmon chiqaradi. Qishlog'idagi Bo'riboy ismli bir kimsa mardikorlikka beriladigan pulni to'laydi va uning o'rniga 40 yoshni qoralagan Muhammadqul front orqasida qora ishlarni bajarish uchun jo'natiladi bu safar natijasi sifatida bahshining Mardikor dostoni yaratiladi. Unda oq podshoh zulimiga, o'zbek xalqiga qanday aloqasi yo'q urush tashvishlariga bo'lgan norozilik o'z ifodasini topgan. Po'lkan nomi esa mardikor yurgan zamonlardan xotira sifatida unga taxallus bo'lib qoldi. Bu so'z polk so'zidan olingan edi. Ammo bari bir bahshining mahorat darajasi u ijro etgan an'anaviy dostonlar mezoni bilan o'lchanadi. Alpomish, Go'ro'g'li turkumidagi Go'ro'g'lining tug'ilishi, Misqol pari, Gulnor pari, Yunus pari, Avazxon, bahshi alohida mehr bilan ijro etgan Yodgor, Shayboniy, Qironxon, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.78 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.78 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:22 ]
Arxiv ichida: doc