Muhammadrizo Ogahiy (1809 - 1874)

Muhammadrizo Ogahiy (1809 - 1874)

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammadrizo Ogahiy (1809 - 1874) - rasmi

Material tavsifi

Muhammadrizo Ogahiy (1809-1874) Katta olimlar pleyadasini etishtirib bergan, yuksak madaniyat o'chogi bo'lgan xorazmda X1X asrda buyuk tarixchi, shoir, olim, tarjimon va davlat arbobi Erniyozbekning o'g Muhammad Rizo, adabiy taxallusi Ogoxiy, etishib chiqdi. Ogaxiy adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiydan keyingi eng sermaxsul ijodkordir. Shoirning serqirra ijodiyotining bir qator masalalariga bagishlangan ko'pgina ilmiy ishlar yuzaga keldi. Shoirning adabiy merosi O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiya (1945 yil), O'zbek adabiyoti tom, 1959; dan o'rin oldi. Tanlangan asarlari-T., 1958, 1960 yillarda (so'z boshi avt. Nashr.tay. Dolimov) bosilib chiqdi. O'zSSR FA nashriyotida shoirning (nashrga tayyorlagan) Ta'vizul oshiqin devoni (O.Sharafiddinov va Xurshidlar nashrga tayyorlangan) bosilib chiqdi. Nixoyat, 1971-1980 yillar mobaynida Ogaxiy asarlarining 6 jildlik nashri yuzaga keldi. (Nashrga tayyorlaganlar S.Dolimov, ¢.Karimov). Olimlardan V.Zoxidov O'zbek adabiyoti tarixidan 1961 yil; Q.Munirov Ogaxiy-ilmiy-adabiy faoliyati. T., Fan-1959; Yana o'sha Munis, Ogaxiy, Bayoniyning tarixiy asarlari. T., Fan. 1960; R.Majidiy-Ogaxiy lirikasi, T., Fan 1963 yil v.b. ilmiy ishlari vujudga keldi. M.Yunusov Barhayot meros sahifalari T., O'qituvchi, 1986 yil, 79-bet. Muhammadrizo Erniyozbek o'gli-Ogaxiy 1809 yilda Xiva shaxri yaqinidagi Qiyot qishlogida mirob oilasida dunyoga keladi. Uning ota-bobolari ko'p zamondan buyon Xorazm xonligida miroblik vazifasini bajarib kelganlar. Ogaxiy dunyoga kelganda amakisi-mushxur shoir va muarrix SherMuhammad Munis mirob edi. Ogaxiyning otasi Erniyozbek, (ya'ni Munis Xorazmiyning ukasi) Ogaxiy 3 yasharlik paytida vafot etadi. Ogaxiyning tarbiyasi va buoila xususidagi gamxo'rlik Munisning zimmasiga tushadi. Munis dargoxida o'sha zamonning tolibi ilmlari, shoirlari va adabiyot muxlislarining suhbatlarida qatnashib yurgan Ogaxiy yoshligidayoq o'qib-o'rganish, ilm va she'riyat xazinasidan baxramand yuo'lish orzu-havasi bilan jo'shadi. Bu xaqda uning o'zi keyinchalik bunday degan edi: Shabob ayyomining avoyimidakim, umrim bogining navbahori va hayotim navbahorining navshukufta lolazori erdi, fazlu kamol iqtisobiga mayl va ragbat ko'rguzub, madrasonishinlik rasmin ixtiyor qildim va xar erdakim, fuzula va shuaro xayrining majmui va majlisi bo'lsa, ularning xizmatiGa bormoqni Uzimga vojib va lozim bildim: Qadam aylabon ilm yo'lida bosh, Hunar kasbida aylar erdim talosh, Ne tunlar mango xobu roxat edi, Ne kunlar zamone farogat edi. Lekin Ogaxiy hayotida turli to'siq va qiynchiliklar yuz berib, ro'zgor mashaqqati tufayli madrasani qo'yib, istar-istamas ota-bobosining kasbi bo'lgan miroblik bilan shugullanishga majbur bo'ladi. Shoir miroblik davridagi bo'giq va sertashvish hayoti haqida quyidagilarni yozgan edi: Goxo motamdorlig taxassuridin afsurda va gox so'kvorlig tafakkuridin pojmurda va goxo avqotgu zorlig asbobi saranjomining fikri bila boshimda qaro qaygu va goxo sipoxlorlig olotining taxyasi bilan ko'nglimda ming gam va gox vazir mulozamatining tajassusi bila jonimda yuz alam. Masnaviy: Ogaxiy, Asarlar 1 jild. ¢.¢ulom nashriyoti 1971 yil. Z7-bet. quyidagi misralardan ko'rinishicha, Ogaxiy miroblik mansabida xizmat qilsa-da, yirik mulkdor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.76 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.76 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga