Muhammadsharif Gulxaniy Gulxaniy XUSh asr oxiri va X1X asrning birinchi yarmidagi o'zbek demokratik adabiyotining yo'nalishiga mansub vakillaridan biri bo'lib, o'z ijodiy faoliyatida xajv va masal janrini yangi bosqichga ko'targan shoir va masalnavisdir. Gulxaniyning bizgacha etib kelgan adabiy merosidan ma'lum bo'lishicha, u o'zbek, fors-tojik klassiklari asarlarini qunt bilan o'rgangan; obarbayjon adabiyotiga ishtiyoq qo'ygan, xind adabiyotining o'lmas durdonalaridan hisoblangan «Kalila va Dimna»ni mutolaa qilgan. Gulxaniy hayotining tafsiloti so'nggi vaqtlarga qadar ravshan emas edi. Lekin adabiyotshunoslarimiz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar (R.R.Muqimov «Gulxaniyning hayoti va adabiy faoliyati» kandidatlik dissertatsiya. 1948 y. O'zSSR FA akademigi V.Y.Zoxidov. O'zbek adabiyoti tarixidan, T., 1961; A.P.Qayumov Qo'qon adabiy muhiti (XUSh-X1X asrlar) T. Fan nashriyoti 1961; V.Abdullaev. «O'zbek adabiyoti tarixi» darsligi kabi yirik tadqiqotlar) hamda uyuk Karimiy, S.Ayniy, M.Saln, H.Yoqubov, Olim Sharafiddinov, X.Nazarov, Fatxiddin Isxoqov, M.Qodirovlarning qator tadqiqot-maqolalari, Gulxaniy merosini nashr etish borasidagi xizmatlari, nashr so'z boshilari maydonga keldiki, bu soha ancha oydinlashtirmoqda. Fazliy Namongoniyning «Majmuai shoiron», Qori Raxmatullo Vozoxning «Tuxfatul-axbob» antologiya-tazkiralarida Gulxaniy Haqida ayrim ma'lumotlar berilgan bo'lib, ulardan shoir hayotining ba'zi-bir tomonlari uning ijodi feodal-klerikal saroy adabiyoti vakillari bilan kurashda o'sganini, uning so'z san'atida: jiddiy imtixondan o'tganini ko'rsatadi. Gulxaniyning tug'ilgan yili noma'lum. Fazliy Namongoniyning Gulxaniy haqidagi ma'lum shoirning tojikcha gazallarining til xususiyatlari uning garamlik bo'lganligidaen dalolat beradi. Fazliy o'z tazkirasida uning «qo'xiston mulkidan» ekanligini ta'kidlab, quyidagilarni yozadi: Buvad Gulxaniy shoiri qo'xsor, Asosi suxan xam u bemador. (Gulxaniy toglik shoirdir, uning so'zlarining asosi bo'shdir. Latif va ravon gazallar togliklar tili uslubidir). Ammo boshqa tazkiralarning avtorlari uni gox Namangandan, gox Qo'qondan chiqqan deb talqin qiladilar. Qori Raxmatullo Vozex o'z tazkirasida Gulxaniyning ismi Mullo Muhammad Sharif bo'lib, asli Namanganlik ekanini, Umarxoning saroy shoirlaridan bo'lganini uqtiradi. Shuningdek, tazkira avtori uning dastlab xammomdorlik ishlariga munosabati bo'lgani uchun Gulxaniy taxallusini qabul qilganligini eslatadi va uning shoirlik is'tedodiga baho berib, «she'rlari vazn jihatidan ravon va o'z tengdosh-zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan», deb qayd etadi. Keksa adabiyot o'qituvchilaridan marxum P.Qayumovning «Qo'qon tarixi va adabiyoti» nomli qo'lyozma asarida ta'kidlanishicha, «Gulxaniy Qo'qonda t tug'ilgan, onasi o'zbek bo'lib, otasi tojik edi. Shoxi Qushbegining yuzboshilaridan bo'lib, Qorategindan kelgan va Xo'jandda uylangan. Onasi xon saroyida oddiy qora xizmatda kun kechirgan. Bolasi-Gulxaniy madrasani tamom eta olmagan, keyincha askariy sipoxlikda pastroq darajada turib saroy doirasida kun kechirgan». Agar bir tomondan, toglik tojiklar shevasida yozilgan «bidex2 radifli gazalining til xususiyatlari (chunonchi «o» unlisining «u» bilan almashtirilib, «nun». «marjun», «ayvun» tarzida yozilishi) ikkinchidan, Olimxonning toglik tojiklardan navkar olish voqeasi hisobga olinsa Gulxaniyning ¢arm yoki Darvozdan ekanligi ma'lum bo'ladi. Gulxaniyning XUSh asrning 70-yillarida dunyoga kelgan deb taxmin qilinadi. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
550.62 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:22
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
550.62 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:22 ]
Arxiv ichida: zip, doc