Muhyi Ho'qandiyning hayoti va ijodi

Muhyi Ho'qandiyning hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhyi Ho'qandiyning hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Muhyi Ho'qandiyning hayoti va ijodi (1836-1911) Reja: Muhyi ijodiga munosabat masalasi. Muhyining hayot yo'li. Muhyi va Qo'qon xonligi. Muhyi va Muqimiy. Muhyining ijodiy merosi. Shoir ijodida ilohiy va dunyoviy ishq tarannumi. Muhyi hajviyoti. Muhyi ijodining o'zbek adabiyotida tutgan o'rni. Atoqli adibimiz G'afur G'ulom taqdir qiladigan darajada talantli shoir bo'lgan deb ta'rif bergan Muhyiddin Muhammad Rizo oxund o'g'li Muhyining ijodi va shaxsiga baho berishda yaqin o'tmishda - 74 yillik sovetlar davrida adabiyotshunosligimizda bir yoqlamalikka yo'l qo'yildi. Sinfiylik prinsipi Muhyi ijodiga nisbatan zo'rma-zo'rakilik bilan yopishtirildi va uni boylarning, mulkdorlarning, savdogarlarning shoiri sifatida talqin qilindi, ijodi kamsitildi, yaxshi o'rganilmadi, asarlarini nashr etish esa man etildi. Natijada Muhyi ijodi necha yillar xalq e'tiboridan va tadqiqotchilar nazaridan chetda qoldi. Vaholangki, XIX asrning II yarmi XX asr boshlari Qo'qon adabiy muhiti haqida so'z borganda Muhyi nomi va ijodini chetlab o'tish mumkin emas edi. Shu bois, Qo'qon adabiyoti va tarixiga oid manbalarda, xususan, Qo'qon adabiyoti va tarixining bilimdoni, adabiyot muhibi Po'latjon Qayumiyning Tazkirai Qayumiy tazkirasida, Qo'qon tarixi va adabiyoti, akademik Aziz Qayumovning Qo'qon adabiy muhiti asarlarida Muhyi haqida ma'lumotlar uchraydi. Akademik G'afur G'ulomning ham Muhyi she'riyatini o'rganishga bag'ishlangan bir necha maqolalari e'lon qilingan. Muhyi shaxsi va uning ijodiga mo'tadil yondashish Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyin yuzaga keldi. Vaqtli matbuot sahifalarida uning hayoti va ijodiga oid maqolalar, adabiy merosidan namunalar chop etila boshladi. Shoir Muhyi ijodiyotini o'rganish, to'plash, nashr etish ishlarini professor A.Hayitmetov boshlab berdi. 1992 yil A.Hayitmetov O'zbek adabiyoti va san'ati gazetasida Muhyi haqida muxtasar ma'lumotnoma va shoir ijodidan namunalar e'lon qildirdi. 1994 yili N.Zohidovning tabarruk siymolardan bo'lgan Muhyining boy adabiy merosi targ'ib va tadqiq qilishga loyiqligini yoqlab chiquvchi Muhiddin Muhammad Rizo Oxund o'g'li Muhyi deb nomlangan maqolasi chop qilindi. 2004 yilga kelib, Muhyining hayoti va ijodi, uning asarlari oliy o'quv yurtlari dastur va darsliklaridan o'rin oldi. Muhyi taxallusi bilan ijod qilgan Hoji Muhyiddin Muhammad Rizo oxund o'g'li G'azna shahrida, ziyoli xonadonida 1836 yilda tug'ildi. Uning otasi G'aznadagi yirik madrasalardan birining mudarrisi bo'lgan. Bo'lajak shoir ibtidoiy tahsilni otasidan oldi. Yuqori tahsilni esa Buxoroning nufuzli madrasalarida ko'radi. 1858-59 yillar chamasi u madrasa ta'limini tugatib, Ho'qandga kelib yashay boshlaydi. Bu yerda u Tamkin singari yirik shoirlar, Shayx Sulaymon Afg'oniy kabi tilshunos va muarrixlar bilan do'stona munosabatda bo'ladi, hatto Tamkinni o'ziga ustoz deb bildi. Ho'qandda Muhyi o'z ijodi bilan qadr-izzat topdi. Shoirning vafotidan keyin ham uning ijodiga bo'lgan e'tibor susaymadi, aksincha, Shayx Sulaymon Afg'oniy Muhyi vafotidan keyin, 1912 yilda, uning o'zbekcha va forscha devonini Toshkentda Porsev bosmaxonasida terdirib, G'ulom Hasan Orifjonov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 429.78 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 429.78 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga