Muhyi Xo'qandiy hayoti va ijodi

Muhyi Xo'qandiy hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhyi Xo'qandiy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Muhyi xo'qandiy hayoti va ijodi Muhyi Ho'qandiyning hayoti va ijodi (1836-1911) Atoqli adibimiz G'afur G'ulom taqdir qiladigan darajada talantli shoir bo'lgan deb ta'rif bergan Muhyiddin Muhammad Rizo oxund o'g'li Muhyining ijodi va shaxsiga baho berishda yaqin o'tmishda - 74 yillik sobiq sovet ittifoqi davrida adabiyotshunosligimizda bir yoqlamalikka yo'l qo'yildi. Sinfiylik prinsipi Muhyi ijodiga nisbatan zo'rma-zo'rakilik bilan yopishtirildi va uni boylarning, mulkdorlarning, savdogarlarning shoiri sifatida talqin qilindi, ijodi kamsitildi, yaxshi o'rganilmadi, asarlarini nashr etish esa man etildi. Natijada Muhyi ijodi necha yillar xalq e'tiboridan va tadqiqotchilar nazaridan chetda qoldi. Vaholangki, XIX asrning II yarmi XX asr boshlari Qo'qon adabiy muhiti haqida so'z borganda Muhyi nomi va ijodini chetlab o'tish mumkin emas edi. Shu bois, Qo'qon adabiyoti va tarixiga oid manbalarda, xususan, Qo'qon adabiyoti va tarixining bilimdoni, adabiyot muhibi Po'latjon Qayumiyning Tazkirai Qayumiy tazkirasida, Qo'qon tarixi va adabiyoti, akademik Aziz Qayumovning Qo'qon adabiy muhiti asarlarida Muhyi haqida ma'lumotlar uchraydi. Akademik G'afur G'ulomning ham Muhyi she'riyatini o'rganishga bag'ishlangan bir necha maqolalari e'lon qilingan. Muhyi taxallusi bilan ijod qilgan Hoji Muhyiddin Muhammad Rizo oxund o'g'li G'azna shahrida, ziyoli xonadonida 1836 yilda tug'ildi. Uning otasi G'aznadagi yirik madrasalardan birining mudarrisi bo'lgan. Bo'lajak shoir ibtidoiy tahsilni otasidan oldi. Yuqori tahsilni esa Buxoroning nufuzli madrasalarida ko'radi. 1858-59 yillar chamasi u madrasBu yerda u Tamkin singari yirik shoirlar, Shayx Sulaymon Afg'oniy kabi tilshunos va muarrixlar bilan do'stona munosabatda bo'ladi, hatto Tamkinni o'ziga ustoz deb bildi. Ho'qandda Muhyi o'z ijodi bilan qadr-izzat topdi. a ta'limini tugatib, Ho'qandga kelib yashay boshlaydi. Muhyi ayni ruhan, aqlan va jisman yetilgan davrida, 50-yillar oxirida, Qo'qon adabiy muhitiga qo'shiladi. Bu vaqtdagi Qo'qon adabiy muhitining yirik vakillari - Muqimiy, Furqat, Nisbatiy, Muhayyir kabilar Muhyi ijodini yuqori baholaydilar, hatto, Furqat o'zining memuar asarida Muhyi nomini ilg'or ijodkorlar, fozil va rasotab' kishilar qatorida e'tirof etadi: Chun yoshim umr shabu ro'zida 24 shumoriga yetdi, ul vaqt, ho'qand viloyatidagi fozil va rasotab' kishilar birla ittixod aylab, alarning suhbatidin ko'b bahralar topdim va asr shuarolarikim, chunonchi, mavlono Muhyi va mavlono Zavqiy va mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zodai tab'larimizdin mushoara qilur erduk. Va ba'zi vaqt ishq tavsifi va husn ta'rifida g'azal mashq aylab va gohi qadimiy shuarolar devonlaridin bir sho'x g'azalni topib, anga har qaysimiz alohida muxammas bog'lar erduk. Mallaxondan keyin Qo'qon xonligining hukmfarmosi Xudoyorxon zamonida ham Muhyining saroydagi obro'si baland bo'lgan. Hatto Xudoyorxon she'riyat ixlosmandi bo'lgan o'g'li Nasriddinbekka nazm va nasrdan ta'lim berishni ishonch bilan Muhyiga topshiradi. Muhyining mehnatlari samara beradi, uning ustozligida Nasriddinbek nozikta'b shoir bo'lib yetishadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga