Mumtoz arab adabiyoti

Mumtoz arab adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Mumtoz arab adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Mumtoz arab adabiyoti REJA: Qadimgi arablar hayoti. Johiliya davriga umumiy ta'rif. Qadimgi arab she'riyati manbalari. Arab tilining beshigi -Vatani - bu Qizil dengiz, Xind okeani, Fors qo'ltig'i oralig'iga joylashgan Arabiston yarim orolidir. Bu yerda orolning katta qisminii saxro va cho'llar egallagan.Bu yerda yil bo'yi to'lib oqadigan daryolar yo'q. Borlari ham jaziramaning zo'ridan yarim yo'lda qurib qoladi. Shuning uchun mamlakatning ko'pchilik mintaqalarida qurg'oqchilik bo'lib turadi. Yomg'ir juda kam yog'adi. U ham ba'zi rayonlariga, masalan, Yamanga yog'ib turadi. Shamollarga kelsak, uning sharqiy mayin «as - Sabo» shamoli, shimoliy qismida esadigan arabiy shamol Urta Yer dengizidan yomg'ir olib keladi, janubiy shamol esa qishda juda sovuq,yozda juda issiqdir. Ulardan tashqari asosan markaziy saxroda esuvchi dahshatli «as-Samum» shamoli borki, u yo'lidagi barcha narsalarni uchirib,havoni esa kuydirib o'tadi. Arabiston yarim oroli bir necha qismlarga bo'linadi. kadimiy Arab madaniyati o'chog'i bo'lgan Yaman mamlakati, savdogarlar yurti-Xadramaut, dengizda suzuvchilar vatani Oman bilan chegaradoshdir.Katta shaharlari: Nejran, Sana, Zaffar, Mag'riblardir. Yamanning shimoli-g'arbiy qismida ґijoz joylashgan bo'lib, u o'zining Makka shahri, undagi zam-zam bulog'i va Muqaddas Qora toshi bilan mashhurdir. Safo va Marva tepaliklari Mino vodiysi Arofat tog'i ham bor. Madina (Yasrib) ham hijozda joylashgan. Qizil dengiz bo'yida Janubdan Yaman, shimoldan Xijoz bilan chegaralangan Tixama - joylashgan. Najd esa sharqdan Iroq shimolda Suriya va g'arbda hijoz bilan chegaradosh. Najd janubi Yamama Janubi-Sharqi esa xurmo va durdonalar mamlakati - Baxrayn orollaridir. Yarim orolning katta qismi saxrodan iboratdir, u oq va qizil qum bilan qoplangandir. Hayvonot va o'simlik dunyosi. Badaviy, tuya, xurmo va saxro - bular, ko'chmanchilarning hayot omillaridir.Tuyani «Saxro kemasi» va «Allohning hadyasi» deb ataydilar, chunki u badaviylarga go'sht, sut beradi, u badaviyning do'sti, usiz badaviyga hayot yo'q. Junidan o'tov yasaydilar. O'zi esa badaviyni joydan-joyga ko'chiruvchi vositadir. Xurmo saxrodagi eng yaxshi va keng tarqalgan o'simlikdir. Uning mevasi va sut- badaviy ovqatining eng mazalisi hisoblanadi. Yana undan «nabiz» degan ichimlik tayyorlaydilar. Arabistonda uy xayvonlaridan ot,eshak, qo'y va itlar bor. Yovvoyi hayvonlardan - bo'ri, sirtlon, oxular; Saxroda ilon, echkiemar ko'p buladi. Arab tili va arab yozuvi. Jahon madaniyati xazinasi, xususan, jahon adabiyoti O'rta asrlarda arab tilida gumanitar va tabiiy fanlar sohasida yaratilgan qaytarilmas ijod namunalari bilan boyitilgan. Arab tili ildizlari qadim-qadimlarga borib taqaladi.Qadimgi yozuvlar eramizdan ilgarigi Y asrdan eramizning IY asrigacha mavjud bo'lgan. Bu esa qadimgi uchta janubiy arab davlatlari - Miney, Sabey va Xim'yariylarning madaniyati yuqori bo'lganligidan darak beradi. Ko'pgina manbalarda qadimgi arablarning yozishni bilganliklari haqida xabar beriladi. Labid asarida toshga o'yib yozilgan yozuvlar haqida, Xaris qasidasida esa bakr va tag'lib qabilalari o'rtasida yozma ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 433.27 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 433.27 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga