Mumtoz badiiyat va germenevtika

Mumtoz badiiyat va germenevtika

O'quvchilarga / Adabiyot
Mumtoz badiiyat va germenevtika - rasmi

Material tavsifi

Mumtoz badiiyat va germenevtika Reja: Mumtoz she'riyatda badiiyat va badiiy til muammolariga doir Z.M. Bobur asarlarida lingvopoetika masalalari Qo'qon adabiy muhiti shoirlari ijodiy merosining badiiy- poetik tahlili Ogahiy lirikasida g'oyaviy motiv va badiiy -lisoniy tahlil germenevtikasi Mumtoz she'riyatda badiiyat va badiiy til muammolariga doir O'zbek mumtoz she'riyati, umuman, badiiy adabiyotning butun go'zalligi, nafosati uning badiiyligida, mavjud, real voqelikni o'ziga xos idrok etish usulida. Navoiy ta'biri bilan aytganda, dunyoni mehr ushlab turadi. Quyoshning yerga mehri-muhabbati bo'lmaganda edi, u yer yuzini yoritmas, nur sochmagan bo'lur edi va binobarin, yerdagi tirik mavjudot zulmat va sovuqda haloqatga mahkum bo'lur edi. Demak, ishq-muhabbat, mehr hayotning asosini tashkil qiladi. She'riyatda olam va odam go'zalligi, nafosatini tarannum etish eng muhim vazifa hisoblanadi. Aynan shu vazifa ijrosida she'riyatda turli ijodiy falsafiy tushuncha va misralar badiiylik in'ikosida shakllanadi. Pushkinda shunday misralar uchraydi: Qorong'u tunlar aro bahor, bog'lar unsizligida Gulning ishqida kuylaydi bulbul. Biroq eshitmaydi, tushunmayin jim Ishq kuyi ostida tebranadi jim. She'riyat o'zining bezaklari-she'riy san'atlarsiz o'z qimmatini, go'zalligini yo'qotadi, hissiz so'zlar zanjiridangina iborat bo'lib qoladi. She'rni tushunmoq, his qilmoq uchun uning badiiyatini mukammal tahlildan o'tkazmoq, badiiyatini anglab etmoq lozim. Buning uchun adabiyotda badiiylikni yaratishga xizmat qiladigan lug'aviy vositalar, ularning semantik-stilistik xususiyatlari alohida tadqiqot manbai sifatida olib qaralishi zarur. Zero, M. Fuller to'g'ri ta'kidlaganidek, «Poeziya-so'zlar musiqasi»dan iboratdir. She'riyat-go'zal olam, u qofiya, turoq, vazn kabi she'r o'lchovlari, tashbeh, mubolag'a, tazod, talmeh kabi badiiy san'atlar va arxitektonik elementlardan tarkib topgan murakkab imorat, turli ranglardan iborat bo'lgan manzaraviy rasm. Leonardo da Vinchi ta'kidlaganidek, «Rassomlik-poeziya, uni ko'radilar; she'riyat esa rassomlik, uni eshitadilar». Kishilik jamiyati bor ekan, inson go'zallikka intilar ekan badiiyat, san'at ham bo'ladi. She'riyatga jon bahsh etadigan hodisa -til, so'z. Uning bezaklari, kiyimi - badiiy san'atlar yoki poetika. Uni g'oyaga aylantirish esa germenevtika. So'z g'ishtlari mantiqning a'lo ranglari bilan bo'yalib, so'z san'atining arxitektori, me'mori-shoir tomonidan farosat bilan ijodiy usulda o'z o'rniga qo'yilsa, muhtasham va yarqiroq she'riyat binosi vujudga keladi. Ana shundagina bu muhtasham so'z kosxonasi ham salobatli, ham dilbar hamda adabiy qulamas bo'ladi. Asrlar mobaynida yashab kelgan yombidek zalvorli, pishiq va to'laqonli so'zlar - ona, ota-bobolar, yer, daraxt, tog', vodiy kabi so'zlardir. Ular astoydil aytiladigan, tillarning tub-tubidan chiqadigan chin so'zlardir. Bularning har biri cho'ponga ham, hukumat a'zosiga ham bab-baravar tushunarli. Ularning har biri nafaqat bizning aql-idrokimizni harakatga keltiradi, balki tuyg'ularimizni ham qo'zg'atadi, qalblarda xotiralar to'lqinini hosil qiladi, tasavvurlarimiz va sezgilarimizni junbushga keltiradi. Ularning har biri zamirida hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydigan shunday mangu narsalar yotadiki, bu narsalarsiz yashab bo'lmaydi. Mumtoz o'zbek adabiyotining qator ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.48 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.48 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga