Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li

Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li

O'quvchilarga / Adabiyot
Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li - rasmi

Material tavsifi

Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li (1878-1931) Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li Turkiston tarixida milliy maorif va madaniyat, ijtimoiy-siyosiy sohada tub burilish yasagan, jadidchilik harakatining tashkilotchilaridan biri bo'lgan. U o'z millati fidoiysi sifatida Turkiston musulmon xalqlari milliy-ozodlik harakatining Toshkentdagi SHo'roi Islomiya, Qo'qondagi Turkiston muxtoriyati tashkilotlariga rahbarlik qilgan. Abdurashidxon Sotiboldixon olim o'g'li Munavvar qori 1878 yilda Toshkent shahrining markaziy dahasi - Shayx Xolvand Taxurning Darxon mahallasida mudarris Abdurashidxon va Xosiyat otin oilasida dunyoga keladi. U yetti yoshida otasidan ajraydi. Dastlabki ta'limni onasi Xosiyat otindan oladi, xat-savodi chiqgach, o'sha davrdagi yirik maktabdorlardan biri - Usmon domlada o'qiydi, so'ng Toshkentdagi Yunusxon madrasasida tahsil ko'radi. Biroq, o'sha davrda O'rta Osiyoda ilm markazi Buxoro edi. Shuning uchun u 1898 yilda Buxoroga borib, madrasalardan birida tahsil ola boshlaydi. Ammo ko'p o'tmay, moddiy qiyinchiliklar tufayli Toshkentga qaytib keladi va Darxon masjidida imomlik qiladi. Shu davrda Toshkentda ham jadidchilik harakati kuchayib boradi. Munavvar qori ham taraqqiyparvarlar safiga qo'shilib, tezda uning yo'lboshchisiga aylanadi. U ayniqsa Ismoilbek G'aspiralining usuli savtiya maktabiga, chor hukumati mustamlaka o'lkalardagi aholini qanday ma'naviy-madaniy uzlatda saqlagani va undan qutulish choralari haqidagi fikrlariga havas va ixlos bilan qaraydi. Chunki, bu davrda birinchidan, eski arab va fors maktabi uslubida faoliyat ko'rsatuvchi ibtidoiy maktablaru madrasalarning o'quv pedagogika ishlari ancha eskirib qolgan edi. Ikkinchidan, chor hukumati Turkiston o'lkasida maorifni rivojantirmaslik uchun astoydil harakat boshlab yuborgan edi. O'lka aholisini ruslashtirish siyosati birinchi o'rinda turar edi. Pirovard maqsad millatni yo'q qilishdan iborat bu ma'naviy tajovuzni ayniqsa o'zbek ziyolilari ham har qadamda sezib yurishgan va his qilishgan. Bundan tashqari, mustamlakachilar Turkistonga och nazar bilan qarab, uning boyliklarini shafqatsiz tashiyotganliklari, milliy ozodlik harakatlarini qonga botirayotganliklari faqat oddiy mehnatkashlarning emas, balki boylar va ziyolilarning ham ko'zini ochib borayotgan edi. Xalqni bu balolardan faqat maktab ta'lim-tarbiyasidagi keskin islohotlar qutqara olar edi. Shu bois, Munavvar qori rus-tuzem maktablariga qarshi o'z yangi maktablarini ochishga ahd qildi. Shunday qilib, Munavvar qori 1901-1904 yillarda qrimlik do'sti Rasm Keshod yordamida Toshkentda usuli savtiya maktabini ochadi, ayni vaqtda maktabda imomlik ham qiladi. 1906 yilda esa yangi usul maktabi sohasidagi faoliyatini o'z o'yining tashqari hovlisida davom ettiradi, oradan ko'p vaqt o'tmay maktab uchun ikki xonalik qo'shimcha bino qurdiradi. Qisqa muddat ichida bu maktab dovrug'i ortadi, bolalar soni ko'payib ketadi. Natijada qori akaga hammahalla bo'lgan Buvaxon to'ra Poshshaxon o'g'lining tashqi hovlisida maktabning ikki sinfli sho'basi ochiladi. Bu yerda 1, 2-sinflarni bitrgan bolalar o'qishni Munavvar qori hovlisida davom ettirganlar. 1913-14 o'quv yilida maktabda yuqori sinflar (5 va 6-sinflar) ochila boshlaydi. To'rtinchi sinfdan rus tili ham o'quv fani sifatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 437.53 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 437.53 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga