Muqimiy hajviyoti. Satira va yumor

Muqimiy hajviyoti. Satira va yumor

O'quvchilarga / Adabiyot
Muqimiy hajviyoti. Satira va yumor - rasmi

Material tavsifi

Muqimiy hajviyoti. Satira va yumor REJA: 1.Shoir hajviyotida shakl va mavzu rang-barangligi (adolatsiz amaldorlar,chor chinovniklari,sudxo'rlar tanqidi) 2.Shoir hajviyotining xalqchilligi. 3.Muqimiy hajviyoti ta'sirida vujudga kelgan turkum asarlar. 4.Shoir yumor hazillarida ijtimoiy qaloqlik, turmush illatlaridan kulish,yangilikni targ'ib qilish. Muqimiy lirik shoir sifatida adabiyotimiz tarixida qanchalik mashhur bo'lgan bo'lsa,kuchli satirik shoir sifatida ham orasida shunchalik shuhrat qozongan edi.Shoir dastlab satirik mahoratlarini oshirishda o'tmish an'analaridan ijodiy foydalanib ustozlar Navoiy, Mashrab, Turdi, Gulxaniy, Maxmurlar izidan borib,o'z davrining ko'pgina illatlarini satirik fosh etuvchi muxammaslar yaratdi.Masalan,Alisher Navoiyni- ng «Hayratul -abror» dostonidagi zo'ravon,shafqatsiz amaldorlarning qishloqdagi faoliyatlarini tasvirlovchi epizod bilan Muqimiyning «Tanobchilar» satirasidagi qishloqqa chiqqan chor chinovniklarining faoliyatini ifodalovchi misralar ana shunday namunalardandir. Shoirning salaflaridan ilxomlanganini ko'rsatuvchi yana bir misol uning Xapalak qishlog'i haqidagi Maxmurning g'azaliga muxammas bog'lashidir.Bir qator o'tkir satiralarning muallifi Maxmur o'zining bu g'azalida Umarxon davridagi mehnatkash xalqning qashshoq hayotini,son-sanoqsiz soliqlarning o'lka,qishloq-shaharlarni vayronaga aylantirganini Xapalak qishlog'i misolida jonli tasvirlagan edi. Muqimiy Maxmur g'azaliga taxmis bog'lar ekan,unga formal tomondangina yondoshmay,g'azal mag'zidagi ana shu qoralovchi,fosh etuvchi ruhni kuchaytiradi: Chopishur yantog' o'tun marduzan issig'da kuyub, yer zag'ora nonini,topsa otin qand kuyub, Jazi yo'k sho'rva kadu eydigan oshida suyub, Ajriq ildizini mayda kelilarda tuyub, Qaynatib,kunda ichib,otini derlar sumalak. Maxmur g'az.Sh bayti. Bu misra birgalikda,taxmisning boshqa bandlari kabi, feodalizm davri qishlog'ining, uning mhnatkash dehqonlarining qorong'u hayoti lavhasini yorqin gavdalantiradi.Muqimiy bunday ayanchli holatga xuddi Maxmur kabi,betaraf,loqayd qaramaydi.Avtor «Meni» ning alamli,tashvishli,dard to'la norozilik ovozi butun taxmis davomida aniq eshitilib turadi.Og'ir soliqlarning solinishi qishloq ahlini ayanchli holga keltirib qo'yganligini shoir real ko'rsata bilgan. Ko'chgi xalqi yopinib ko'hna,uvoda tunini, Charxdin o'tkarishib oxu fig'onu unini, Solmasun dushman ham boshiga kelgan kunini, Kecha nogoh eshitib shuhrati tillo pulini, Maxmur g'azali, 7-bayti. Muqimiy bu taxmisda Maxmur uslubiga,badiiy-tasviriy vositalariga har jihatdan muvofiq misralar yaratishga muvaffaq bo'lib, mantiqiy izchillikka erishdi. Muqimiy satiralarining mohiyatini ravshanroq ochish uchun va ular to'g'risida mulohaza yuritishni osonlashtirish uchun mazkur satiralarni tanqid obyektiga qarab professor G.Karimov uch gruppaga ajratdi: 1.Chor chinovniklari va mahalliy amaldorlar zulmini ko'rsatishga,ularning jirkanch obrazlarini yaratib,fosh etishga qaratilgan satiralar («Tanobchilar», «Dodxoxim», «Axtaring», «Saylov», «Tar mevalar», «Dor mazammati sogeni,ellikboshi» nomda budand» v.b) 2.Mahalliy boylar,mustamlakachi kapitalistlarni- ng kirdikorlarini ochib tashlashga,ularning xususiy mulkchilik zaminida tug'iladigan pastkashliklarini ko'rsatishga qaratilgan satiralar («Moskovchi boy ta'rifida», «Hajvi viktor boy», «Voqeai kur Ashurboy», «To'yi Ikon bachcha», «Hoji qadoqchi», «Gap to'g'risida gap» v.b) 3.Jamiyatda tekinxo'rlik bilan hayot kechiruvchi din ahllarini tanqid qilishga,ularning fe'lu atvorlaridagi iflosliklarni,kulgili hollarni tasvir qilishga bag'ishlangan satiralar («Hajvi xolfai Mingtepa», «Dar mazammati qurbaqa», «Avliyo» v.b) Muqimiy ko'p o'rinlarda oddiy xalq vakillarini,kambag'al dehqonni zo'ravon va zolim amaldorlarga qarama-qarshi qilib tasvirlaydi, shular- ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.46 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.46 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga