Muqimiy lirikasi Reja: 1.Shoir lirikasining mavzu rang barangligi, janriy xususiyatlari. 2.Lirik qahramon turmushdan zavqlanish ishq va oshiqlik. 3.Lirik qahramonning hasrat ohanglari, muhitdan noroziliklari 4.Shoir she'rlarining badiyati va xalq qo'shiqlariga yaqinligi. Muqimiy qoldirgan adabiy merosning katta bir qismini lirik g'azallar,murabba va muxammaslar tashkil etadi.Oz adabiy faoliyatini g'azallardan boshlagan shoir umrining oxirigacha,qariyib 35-40 yil davomida tinimsiz va barakali ijod etib,bu davr o'zbek poeziyasining rivojiga jiddiy hissa qo'shdi. Muqimiy ham bir qalam ahllari kabi,ma'lum ijodiy evolyutsiyani o'z boshidan kechirgan.Uning salmoqdor lirik merosida taqlidiy mashqlar ekani sezilib turgan,mazmunan sayoz,badiiy jihatdan esa hali etilmagan ayrim g'azallarning ham uchrashi, siqalangan(ayrim g'azallarning ham uchrashi) asrlar davomida qolipga tushgan «tayyor» obrazlarning qayta-qayta qo'llangan toshbehlarning (ra'no kad», «Sarv kad»v.b.mavjudligi shundan darak beradi.Muqimiy «uchradi nogoh»-39 bet (As.tup.1tom,1960). Lekin Muqimiy asta-sekin taqlidchilik,shogird-lik davrini orqada qoldirib,mustaqil mushohada qilish davriga-izlanish,qidirish bosqichiga o'tdi.Shoir lirikasining ham g'oyaviy, ham badiiy kamolatga erishuvida,xalqchil va xaqqoniy bo'lishida x.o.i.bilan bir qatorda ko'p asrlik she'riyatimizdagi eng yaxshi an'analarning ahamiyati katta bo'ldi.Muqimiy o'tmish o'zbek,fors-tojik va ozarbayjon klassiklari gazetalaridan ko'p baharamand bo'ldi,ulardan ijodiy o'rgandi. Muqimiyning fors-tojik adabiyotining ulug' namoyandasi Abdurahmon Jomiyni o'ziga ustoz sifatida tanlashi ham shu Sharq poeziyasini maroq bilan o'rgangan davrlariga to'g'ri keladi.Shoirning she'riy merosi ichida Jomiyga bag'ishlab yozilgan bir necha she'rlar uchraydi.Shogirdning ustoziga muhabbatini, sadoqatini,ixlosini ifodalovchi,ayniqsa, «Mekuni e ne»radifli muxammasi xarakterlidir.273-bet Muqimiy lirikasining markazida muhabbat tematikasi turadi.Faqat klassik adabiyotimizda yoxud Sharq poeziyasidagina emas,balki jahon adabiyotida ham juda eski,ammo hamma vaqt yosh,abadiy barhayot bo'lgan bu tema ko'p ishlangan va unda qanchadan-qancha shox asarlar yaratilgandir.Bu tema ulug' A.Navoiyga XU asrda qanday bitmas-tuganmas ma'nolar bag'ishlagan bo'lsa,oradan qariyib 5 asr o'tgandan keyin ham Muqimiyga shunday ilhom manbai bo'lib xizmat qildi.Bu tasodifiy emas,albatta.Chunki,adabiyotning asosiy obyekti insondir.Insonni muhabbatsiz tasavvur qilish mumkin emas,muhabbat inson ma'naviy hayotining ajralmas qismidir. Muhabbat haqida qo'shiq to'qish hayotni kuylash demakdir.Shu ma'noda Muqimiy lirikasi chuqur hayotiy lirikadir.Shoir lirikasining zo'r sotsial qiymatini ham uning hayotiyligi-ta'min etadi.Chunki islom ruhoniylari diniy fonatizmni,tarki dunyochilikni, mistikani targ'ib qilib,jamiyatda pessimizm urug'larini sochib turgan bir paytda hayot to'g'risida kuylash,muhabbatni tarannum qilish katta ijtimoiy qiymatga ega bo'lgan zo'r jasorat edi. Bu davrdagi diniy-mistik adabiyotning yirik vakillaridan biri Yusuf Saremiy: Bu muammodir tiriklik uzlukingdin urmo dam, Bu jahon oynadek asrorini xayronidur San tumon etma, «baks bor?»deb,jahon ayvonida, Bil yaqin avvalda foniy erdi,oxir foniydur!» Deb jamiyatda «odam-yo'qlik»ni, «foniylik»ni targ'ib qilib turgan bir paytda,butun hokim ideologiya din, oxirat,toat-ibodat haqida jar solib turgan va odamlarni xilvatga,tarki dunyochilikka chaqirib turgan bir paytda Muqimiyning: Navbahor ochildi gullar,sabza bo'ldi bog'lar. Suhbat aylaylik kelinglar,jo'ralar o'rtoqlar! Kabi xitob bilan chiqishi zulmat sukunati qoplangan kechada urilgan bong taassurotini tug'dirar va ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.17 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.17 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: doc