Muqimiy «Sayohatnoma»lari REJA: 1.Shoir «Sayohatnoma»larining turkumligi ularning g'oyaviy-badiiy jihatdan yaxlitligi 2. «Sayohatnoma»larda adaolatsizlikning tanqidi,xalq vakillari tasviri. 3.Ozbek adabiyotida «sayohatnoma»larning takomillashuvini, Zavqiy, Furqat, Tajalliylar-ning izdoshligi . Ozbek demokratik adabiyotining ham g'oyaviy,ham badiiy jihatdan boyib,rivojlanishida Muqimiy qo'shgan hissa juda katta bo'lib,o'ziga xos yangi janrni- «Sayohatnoma»ni boshlab beruvchi san'atkor ham Muqimiydir.Shoir boshlagan bu traditsiyani demokratik adabiyotning taniqli keyingi vakili bo'lgan Zavqiy ham muvaffaqiyat bilan davom ettirib adabiyotimizni o'zining «Obid mingboshi haqida hajv» (14 band-56 misralik)va «Shohimardon xotirasi» (10 band-40 misra) kabi sayohatnomalari bilan boyitgani ma'lum. 1892 yilda Furqatning Hindistondan Xitoyga qilgan safari davrida unga hamroh bo'lgan shoir Tajalliyning ham Muqimiy «Sayohatnoma»siga javoban «Sayohatnoma» yozganligi to'g'risida ma'lumot bo'lsa-da,bu asar bizga to'liq etib kelmagan bo'lib,undan ayrim parchalargina saqlanib qolgan. Muqimiy «Sayohatnoma»ning mukammal badiiy asar ekanligi bilan izohlanuvchi xususiyati shundaki,parcha ulug' to'rt qismdan («Qo'qondan Shohimardongacha», «Qo'qondan Farg'onagacha»,ikki qismlik «Qo'qondan Isfaragacha») iborat bo'lsa-da,kompozitsiya jihatdan yaxlit asardir.Bu qismlar mantiqiy asoslangan ichki qonuniyatlarga ega bo'lib,ularni umumiy yagona vazn, yagona she'riy tuzilish,yagona qofiyalanish sistemasi birlashtirib turadi. Muqimiy «Sayohatnoma»lari o'z davri ilg'or farzandining ona-yurt haqidagi,uning kishilari, tabiati to'g'risidagi she'riy o'ylaridir; u mehnatsevar xalqimizning yashash sharoiti,og'ir iqtisodiy ahvoli,mavjud tuzumdagi hukmron adolatsizlik,yuqori sinflarning zo'ravonligi,qishloqlarning vayronaligi manzarasini realistik bo'yoqlarda tasvirlovchi adabiy hujjatdir. «Sayohatnoma»larda yagona syujet chizig'i yo'q,unda to'qima badiiy obraz-personajlar ham uchraydi.Bular janr xususiyatlari bilan izohlanadi.Butun asar davomida izchil harakat etuvchi bayonchi-avtor obrazining favqulotda katta ahamiyati xuddi shu bilan izohlanadi. Hamma voqea-hodisalar,baho-munosabatlar shu obraz orqali amalga oshadi.Asarda u turli qiyofalarda namoyon bo'ladi. «Sayohatnomalar»ning bandalrini birma-bir ko'zdan kechirar ekanmiz,qarshimizda xalq manfaatlari himoyasi va yuksak fazilatli olijanob inson,vatanpar-var grajdanin va nozik tabiatli lirik,beshafqat satirik va quvnoq yumorist boshiga qilich kelganda ham rostini aytadigan shoir namoyon bo'ladi.U yaxshilikni ma'qullab go'zallikni madh etadi,kamchiliklar ustidan kulib,tanbeh beradi,yovuzlikni tanqid qiladi,illatlar va qabohatni satirik nayza ostiga olib,sharmandasini chiqaradi,tuzum ustidan hukm chiqaradi. Avtor obrazining o'sha davrda huquqsiz,talangan oddiy xalq vakili sifatida asarda harakat etishi uning ijtimoiy mavqei va ruhiy kayfiyatini ham belgilaydi.U o'zini juda siqilgan,davrdan,tuzumdan narozi,g'am-g'ussalar ostida ezilgan sezadi.Bu motiv butun asar mazmuniga singib ketgan: 1.Asarlar 427-bet. Shuning bilan birga avtor obrazi hayotni,borliqni nigilistlarga inkor etmaydi,aksincha,u hayotsevar,chunki Farg'ona vodiysining xushmanzara joylari,mehnatkash dehqon qo'li bilan yaratilgan bog'u gulzorlari,soya-salqin anhoru «o'ynab» oquvchi suvlari,qir-dalalari avtor tomonidan chuqur lirizm va mamnuniyat bilan tasvirlanadi: Ammo nazarda «Rashidon» Firdav bog'idin nishon, Onab oqar obi ravon, Sahna gulu gulzor ekan. . «Vodil maqomi dilfizo Ko'chalaridur dilkusho, Anhorida obi safo, Sebarga,obishor ekan. Muqimiy chin mehnatsevarlik,hayotsevarlik,vatan-sevarlikni tasdiqlashga, yaxshilik, go'zallik madhiga, ularning ziddi buzuq,nursiz hayot va yovuzlikni inkor etishga,fosh qilishga undaydi. Endilikda avtor obrazi jiddiylashib,uning bayonida dard-qayg'u quyuqlasha borib,g'azab-nafratga aylanadi, tasvir ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.29 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: doc