Muqimiyning Sayohatnomasida davr, muhit, voqelik tasviri MUNDARIJA KIRISH. I BOB. Qo'qon adabiy muhitida siyosiy hayotning badiiy tasviri. I. 1. Qo'qon adabiy muhitida satiraning o'rni. I. 2. Ijtimoiy tiplarning satirik talqinlari. II bob. Muqimiy hajvlarining g'oyaviy konsepsiyasi. II.1. Sayohatnoma asarining janr xususiyatlari va obrazlari. II. 2. Sayohatnoma asarida davr, muhit va voqelik tasviri. XULOSA. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISh Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Xalqimizning ko'p asrlik armonlari ushalib, Istiqlolga erishishimiz barobarida ijtimoiy-falsafiy tafakkurimiz, madaniy-adabiy taraqqiyotimiz tarixida beqiyos rol o'ynagan ulug' siymolar nomi va shani o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topmoqda. Markaziy Osiyoda mashhur Mavlono Muqimiy tarix sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tib kelayotgan, abadiyatga daxldor ana shunday namoyandalardan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek: Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo'lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, memorlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo'lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari qalam sohibalari o'zlarining ko'ngil kechinmalari, rangin tuyg'ulari hamda ijtimoiy hayotga munosabatlarini badiiy ifodalashda o'ziga xos mahorat maktabi yaratganlar. Shuning uchun ham madaniy merosimizni, uning ulug' siymolarining hayot va ijod yo'llarini ham ilmiy ham badiiy talqin etish bugungi kunimizning muhim vazifalaridan biridir. Mazkur Muqimiyning Sayohatnoma asaridagi davr, muhit voqelikning o'rganishimizning o'zi bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini belgilaydi. Endilikda mustaqillik sharofati bilan o'zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy tafakkur talablari asosida qayta idrok etilmoqda, o'tmishda yaratilgan asarlarning asl mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda. Adabiyotshunoslik istiqlolgacha bo'lgan davrlarda badiiy asarlarni asosan ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazaridan tekshirishga moslashgan bo'lsa, endi o'sha qoliplarni tark etib, badiiy matnga estetik talablar asosida yondashishga, har qanday xulosani matnning o'zidan keltirib chiqarishga harakat qilmoqda. Natijada ko'plab mumtoz adabiyot namunalarining asl badiiy qiymati, bir qator adiblarning millat estetik tafakkuri taraqqiyotidagi tarixiy o'rni xolisona belgilanayotir. Shuning uchun ham Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so'ng tarix uchun nisbatan qisqa fursat ichida o'tmish adabiyotimiz va tarixiy asarlarimizni o'rganishda to'g'ri va xolis yondashuv ustuvor tekshirish usuliga aylanmoqda. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. O'zbek adabiyotida demokratik yo'nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog'liq. Ayniqsa uning Sayohatnoma asarida xalq turkumining og'irligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Ana shu asardagi voqelik, davr, muhit tasvirini tadqiq etish ishimizning asosiy maqsadi hisoblanib, quyidagi vazifalarni belgilab oldik. Qo'qon adabiy muhitidagi siyosiy hayotning badiiy tasvirini tadqiq etish. Qo'qon adabiy muhitida satira janrining o'rnini o'rganish. Mazkur muhitda ijtimoiy tiplarning satirik qiyofalarining talqinlari. Muqimiy hajvlarining ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.43 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.43 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: doc