MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK (1905-1968) REJA: 1. Oybekning hayoti va ijodi. 2. Oybek lirik shoir sifatida. 3. Oybekning nasriy asarlari. 4. Oybek adabiyotshunos. Oybek XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga nafaqat zabardast shoir va yozuvchi, balki publitsist, adabiyotshunos va tarjimon sifatida ham ulkan hissa qo'shdi. U o'zbek adabiyotida tarixiy biografik roman janrini boshlab berdi, navoiyshunoslik faniga tamal toshini qo'ydi, o'zbek tarjimasi maktabini yangi bir bosqichga ko'tardi. Oybek lirik shoir va ulkan adib sifatida dong taratgan. Oybekning Qutlug' qon , Navoiy kabi shox asarlari (mamlakatimizdagi)bir qator xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda. Oybek ijodining o'ziga xos fazilatlari, ibratli tomonlari ko'p. Ana shu sababli G'ofur G'ulom Oybekning serhosil, o'tkir ijodkorligini bizning adabiyot tarixida kimga o'xshatish mumkin? - degan so'roqqa javob berib, Oybekning o'ziga, Oybekka o'xshatish mumkin. - deb o'z hamkasb do'stiga tan bergan edi. Oybek adabiyot maydoniga 20 - yillarning boshlarida dastlab lirik shoir sifatida kirib kelgan. Oybekning ilk she'riy asarlari hali u texnikumda o'qib yurgan kezlaridayoq yozilgan. Yosh shoirning birinchi she'ri Cholg'u tovushi deb ataladi. (Armug'on jur, 1922). Keyinchalik shoirning Tuyg'ular (1926), Ko'ngil naylari (1929), MashW (1929) singari she'rlar to'plamlari, shuningdek, Dilbar - davr qizi, Oybekning hayoti va ijodi O'ch kabi dostonlari birin - ketin yuzaga kela boshladi. Odatda, Oybek to' g'risida so'z borganda ,uning yuksak ma'naviyati va madanyati sohibi, XX asrdagi buyuk insonlardan biri bo'lganligi aytitadi. Oybekning har tomonlama yetuk insonligi shunda ham ko'rinadiki, shoirning ilk she'ridan so'nggi satrlarigacha barcha ishqiy sherlari faqat bir qyolga uning xotini Zarifa Saidnosirovaga bag'ishlangan. Shunday she'rlaridan biri Uzoqdan turib deb atalgan. Ko'zlari cho'lpondek nozli sevgilim, Bir qarash tashlading, men sevdim seni. xayoling eslarkan, qonaydir dilim, Yolvoray, go'zalim, unutma meni. Oybekning lirik shoir sifatidagi iste'dodi uning tabiat manzaralari tasviriga bag'ishlangan she'rlarida yana ham yorqin jilva berib turadi. Nafis chayqaladi bir to'p namatak, Yuksakda, shamolning belanchagida, Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul. Viqor - la o'shshaygan qoya labida Nafis chayqaladi bir to'p namatak. Oybek 30 yillarda she'riyatning xilma - xil janr va mavzularida ijod etdi. Muhabbat lirikasi, mehnat lirikasi, peyzaj lirikasi, harbiy va siyosiy lirikaning go'zal namunalarini yaratdi. Oybek 30 yillardagi ijodida doston janrisalmoqli o'rin egallaydi. Bu davrda shoir o'zbek o'tmish adabiyotidagi dostonchiliknig ilg'oran'analaridan, xususan, jahon adabiyoti tajribalaridan ijodiy foydalanib, Dilbar - davr qizi, O'ch (1932), Cho'pon qo'shig'i, Baxtigul va Sog'indiq, Temirchi Jo'ra (1933), Kamonchi, Navoiy 1937 kabi rang -barang dostonlar yaratdi. O'ch dostonida Xolxo'ja va Lalixon bir - birlarini sevadi. Xoshimboyvachcha Xolxo'jani kamsitdi.Baxtigul va Sog'indiq - unda tasvirlanishicha, Toshkentlik chorvador Otabek Qarqara bozoriga borgach, sahro go'zali Baxtigulga ko'zi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.52 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.52 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: doc