Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning ijod yo'li va badiiy olami

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning ijod yo'li va badiiy olami

O'quvchilarga / Adabiyot
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning ijod yo'li va badiiy olami - rasmi

Material tavsifi

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning ijod yo'li va badiiy olami Reja : 1. Adibning hayoti va ijodi. 2. Yozuvchi asarlarining g'oyaviy badiiy mundarijasi. 3. Oybek bolalar shoiri, nosiri va publisisti Hayot va ijod yo'li. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand to'quvchi oilasida tug'ildi. Hayot va ijod yo'li. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand to'quvchi oilasida tug'ildi. Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga o'qishga berishgan. Oybekning so'zga bo'lgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso o'n to'rt yoshga to'lganda Namuna nomli yangi usuldagi boshlang'ich sho'ro maktabida o'qishni davom ettiradi. U o'n olti yoshga yetganda, Navoiy nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumiga o'qishga kirdi. Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adabiyotga muhabbatini yanada teranlashtirishdan tashqari, qiziquvchan o'spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o'z xotiralarida: xayol daryosi keng edi menda. O'qtin-o'qtin o'zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she'r yozib ham qo'yardim. Xotiramda bor, ilk she'rim texnikumning Tong yulduzi nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o'zim mas'ul muharrir bo'ldim. Sekin-sekin Respublika gazetalarida she'rlarim bosila boshladi , shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi. Oybekning bo'lajak rafiqasi Zarifa Saidnosirova o'z xotiralarida shunday yozadi: Oybek oriq va novcha yigit bo'lib, qo'ng'ir qalin sochlari do'ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko'zlari shogirdlik davridayoq teran ma'noli va xayolchan edi Oybek Tong yulduzi devoriy gazetamizning muharriri edi. U ba'zan yo'Iimni to'sar, gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm solishimni so'rar edi. U bir kuni she'rga liq to'la, qalingina, sariq muqovali daftarni qo'limga tutqazdida, she'rlarning boshi va oxiriga kichik-kichik rasmlar chizib berishimni so'radi. Yo'q deya olmadim va eng nozik mo'yqalam va akvarel bo'yoqlar ila rasmlar chizdim. 1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek O'rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod bo'limiga o'qishga kirdi. Oybek o'qishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo'jaligi institutiga ko'chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o'tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta'sir ko'rsatdi va u 1930- yilda o'zi o'qigan universitetga qaytib keldi. O'qishni tugatgach, besh yil davomida o'sha yerda siyosiy iqtisod va marksizm-leninizm asoslaridan ma'ruzalar o'qidi. Adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan Cho'Ipon hamda rus simvolistlarining ta'sirida bo'lgan Oybek tez orada o'ziga xos ovozga ega ijodkor ekanligini ko'rsatdi. 30-yillarda u Dilbar davr qizi, O'ch, Baxtigul va Sog'indiq, Navoiy singari o'nga yaqin doston yaratdi. U hikoyachilikda ham o'zini sinab ko'rdi. 1937- yilgi qatag'on shamoli Oybekni ham chetlab o'tmadi. U til va adabiyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, o'zining butun kuchini ijodga bag'ishladi. Tinmay yozdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 437.42 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 437.42 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga