Mustaqillik darsi Vodiylarni yayov kezganda

Mustaqillik darsi Vodiylarni yayov kezganda

O'quvchilarga / Adabiyot
Mustaqillik darsi Vodiylarni yayov kezganda - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik darsi. Vodiylarni yayov kezganda… Mavzu: Mustaqillik darsi. Vodiylarni yayov kezganda… 8-9-sinflar uchun Dars maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'zbekiston va uning go'zal go'shalari; oqila insonlari; kelajagi porloq yoshlari haqida suhbat. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni O'zbekistonning tabiati, turli-tuman ranglardagi jilosiga va baxtli turmushiga qaratish, shuningdek, ularda mehnatsevarlik, xushmuomalalik, kamtarlik,mardlik kabi fazilatlarni kamol toptirish;vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning go'zallikni sevish va his qilish; mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish. Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars. Dars uslubi:Galeriya,Kimning she'ri?,Bir savolga besh javob,KZIX . Dars jihozi: O'zbekiston surati,rasmlar,test,DVD, kompyuter, internet yangi- liklari,rag'bat kartochkalari… Fanlararo bog'lanish:Milliy istiqlol g'oyasi, tarix, geografiya, musiqa… Darsning shiori: Yagonasan,muqaddas,Vatanim,sevgi va sadoqatim senga bahshida, go'zal O'zbekistonim! Darsning borishi: tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash 3.Siyosiy va ma'naviy daqiqa tashkil etish. Darsning borishi: Sinf bayram kayfiyatini aks ettiruvchi bezaklar, shunigdek, O'zbekistonimiz vodiylarini aks ettiruvchi rangli suratlar bilan bezatiladi. Dars muqaddimasida o'quvchilar 2 guruhga ajratilib, taqdimot jadvali beriladi. Yangi mavzu bayoni: Kirish so'z. Shukronalik…Yagonasan, muqaddas, Vatanim, sevgi va sadoqatim senga bahshida, go'zal O'zbekistonim! degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan O'zbekiston mustaqilligining 23 yillik tantanasi ufurib turgan kunlarda istiqlol bebaho ne'mat ekanligi,ota-bobolarimizning asriy orzusi ro'yobga chiqqani,hozirda shahar va qishloqlarimizning qiyofasi go'zal tus olgani,asosiysi, zamondoshlarimiz ma'naviy hayotida yangilanish, yasharish davri boshlanganiga shukronalikkeltirmoq lozim. Ma'lumki, Istiqlolning birinchi kunlaridanoq Respublikamizda yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratildi.Bugun mamlakatimiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan e'tirof etishi,ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar naqadar to'g'ri ekanligiga shukronalik keltirmoq darkor. Kelajagi porloq yoshlarimiz zamonaviy o'quv kompyuter sinflarida tahsil olayotganliklariga shukronalik ruhida voyaga yetsalar,Alloh bizga Ozbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni Vatan qilib bergan ekan deya yana bir bor shukronalik keltirmoq kerak. Musiqa… Kompyuter videoproyektori yordamida O'zbekiston she'ridan slayd namoyish etiladi. Ko'z oldimizda chaman-chaman gullarga burkangan vodiy, viqorli tog'lar,undan osmonga tutashib ketgan bepoyon kenglik jonlanadi.Butun vujudimizga sof havo kirib,dilimiz yorug'lik va shodlikka to'ladi.Ko'm-ko'k maysalarga burkangan vodiylar go'yo chor atrofga gilam yoygandek taassurot beradi. Xullas Vatanni suyib ardoqlashga da'vat etadi. 1-taqdimot: She'r mazmunidan kelib chiqqan holda har bir guruh o'z galeriyasini, ya'ni har bir guruh ishining taqdimotini tayyorlaydi. Navbat bilan taqdimot o'tkaziladi.O'qituvchi va o'quvchilar birgalikda ko'rgazma oldiga boradilar, tafsilotni tinglab, shu asosda savol-javob o'tkazadilar. Ushbu texnologiya o'quvchilarni birdamlikka, hamkorlikka chorlaydi. Shuningdek, erkin mushohada yuritishga yo'l ochadi,ayni chog'da mavzuni to'liq o'zlashtirishga imkon beradi. Mening galeriyam tanlovi 1-guruh: 2-guruh Natija tekshirilib, jadvalga qayd etiladi. Bilamizki, O'zbekistonni, o'z yurtini madh yetmagan shoir bo'lmasa kerak. Nafaqat H.Olimjon, balki bir qator ijodkorlar satrlarida O'zbekiston va uning go'zal tabiati madh etilganini, tillarda doston bo'lganini, muxlislar qalbidan joy olganini inkor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 172.6 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 172.6 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga