Mustaqillik darslarini o'tish bo'yicha 5-sinflar uchun 1 soatlik dars ishlanma. Mavzu: O'zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Mustaqillik, erkinlik, O'zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug'lash, o'zlikni anglash tuyqularini shakllantirish. Rivojlantiruvchi ta'lim: O'quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o'stirish. Darsning turi: Aralash. Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash. Darsning jihozi: Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, Vatan tuyqusi darsligi, Islom Karimovning Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar. Texnik jihoz: Diaproyektor, ekran. Vatan tuyqusi, Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo'lganlaridan foydalanish. Darsning texnik chizma: tashkiliy qism 5 daqiqa O'quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa O'quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa O'quvchilarni rag'batlantirish 5 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa Qo'shimcha vaqt 5 daqiqa Darsning borishi: 1.tashkiliy qism: 2. O'quvchilarni faollashtirish uchun savollar. 1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so'ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O'zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o'quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi) O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o'zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi. Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so'zning zamirida katta va ulug' huquqga ega bo'lish degan tushuncha mujassam. 2-savol. Shu aziz Vatan - barchamizniki deganda nimani tushunasiz? O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz. Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug' istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo'lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir. 3-savol. Nima uchun Tinchlik uchun kurashmoq kerak deyiladi? Hech o'ylab ko'rganmisiz? O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o'zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo'lish degani. Hushyorlik ogoh bo'lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo'lishi lozim. Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O'zbekiston davlatining uchta ustunidir. 4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti? O'quvchilarning javoblarini o'qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Jamiyatning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: doc