Mustaqillik davri dramaturgiyasidan namuna

Mustaqillik davri dramaturgiyasidan namuna

O'quvchilarga / Adabiyot
Mustaqillik davri dramaturgiyasidan namuna - rasmi

Material tavsifi

MUSTAQILLIK DAVRI DRAMATURGIYASIDAN NAMUNA ERKIN A'ZAM O'zbekiston xalq yozuvchisi (1950­yilda tug'ilgan) 11-sinf adabiyot darsligi asosida 28-mavzu: TANHO QAYIQ Orol bobodan dramatik rivoyat QATNASHDILAR Orol bobo Amet Jumaboy Tilovbergan Genjamurod O'tagan maxsum Qalimbet Gulxadicha Rohat Sobirovna Atrofi qamish chiy bilan o'ralgan, dov-daraxtsiz yaydoq hovli. Bir yonda bahaybat duradgorlik dastgohi, tegishli asbob-anjom; yerda eski imoratlardan chiqqan uzun-qisqa taxta-yu tunuka qirqimlari, nam latta o'rab simga tortilgan egma-qayishqoq tol novdalari-yu yirik-yirik mum palaxsalari va qirindi-payraxalar aralash-quralash bo'lib yotibdi. Ish chala, chala ishlar Qarshi tarafda tayyor mahsulot - katta-kichik qayig'-u qayiqchalar qator qilib chetanga suyab qo'yilgan. Biri qoramoyga bo'yalgan, biri qizil, biri kumushrang; chetroqdagilari hali bo'yoq ko'rmagan - ajralib turibdi. Hovlining to'rida - ro'parada g'aribgina, pasqam bir kulba. Eshigi nimochiq, derazalari lang. Zehn solib qaralsa, eshik ham, deraza qasnoqlari ham qayiqqa mengzab ketadi, allanechuk qayiqsimon namoyishda. Uyning chap tomonida bo'g'otga tirab qo'yilgan narvon ham shunday; aslida-ku u eski bir qayiq bo'lib, to'nkarilgan-u orqasiga taxta qoqib zina yasalgan, xolos. Tom boshida ham bir qayiq! Ammo u xiyla haybatdor, hashamatli, ikki uchida baliqsimon bezaklari ham bor. Ana shu qayiqning qoq belida kontoparlar kiyadigan soyaboni serbar allaqanday movut qalpoq cho'qqayib ko'rinadi. Suvda qalqib turgan kabi u goh baralla ko'zga tashlanadi, goh «cho'kib» ketadi Tong bo'zara boshlagan palla. Bir maromdagi xurrak tovushi. Tom ustidagi qayiqqa jon kirib daf'atan chayqalib ketadi-yu undan soch-soqoli o'siq, yoshini bilib bo'lmaydigan bir qariya bosh ko'taradi. U ko'kragida yotgan qalpoqni haf-salasizgina boshiga qo'ndirib, tevarak-atrofga vazmin alangl ab nazar soladi. Orol bobomiz mana shu kishi. O r o l b o b o (tashvishmand g'udranib). Qum, qum yer-u osmon qum-a, tavba! (Tikila-tikila, birdan yuzi yoris hadi.) Yo'-o'q, suv bu, suv! Qara, oftobda shishaday yalt-yult qilyapti jonivor! Orol qaytib kelibdi! Orolim! Bir kechada suvga to'libdi, yashasin, dod! Ana - mavjlari! Ana - to'lqinlar! Vah, qayiqlar ham so'zib yuribdi! (U huvillab qolgan ovul tomlaridagi uzoq-yaqin qayiqlarni o'zicha sanay ketadi.) Bir, ikki, uch yetti, sakkiz, to'qqiz Iye, shoshma, suv nega buncha sarg'ish? Ana, mavjlari ham, to'lqinlar ham sap-sariq! Ha-a, bo'ldi, bo'ldi - loyqalangan. Loyqalanib-loyqalanib to'ladi-da suv! Ammo xuddiki qum deysan, qumning o'zginasi-ya! Ko'zingni yiribroq qarasang-chi, kallavaram, qum bo'lmay nima u axir?! Orol suvga to'lganmish! Suvlari mavjlanib yotganmish! Sen yasagan qayiqlar so'zib yurganmish! Har erta shu ahvol-a! Tushingni ana - qumga, qumliklarga ayt! He, esini yegan telba chol! Oroling seni tashlab ketganiga necha zamonlar bo'ldi-ku! Endi qaytmaydi u, ey nodon! Sen esa bir ovulda bir o'zing so'ppayib o'tiribsan. Qo'ni-qo'shni ovuldoshlaring allaqachon ko'ch-ko'ronini ko'targan, hovli-joylari boyo'g'liga makon bo'lib yotibdi, ana! Lekin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 884.83 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 884.83 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga