Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti O'zbek adabiyoti inson ruhiy holatlari mahorat bilan aks ettirilgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg'ota olishi bilan ularning ma'naviy takomiliga hissa qo'shadi. Muhimi, ular kishiga faqat ma'rifat beribgina qolmay, uning badiiy didi takomiliga, ma'naviy kamolotiga ham xizmat qiladi. Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti qariyb ming yillik tarixiy yo'lni bosib o'tgan mumtoz so'z sannatimizning uzviy davomi sifatida dunyoga keldi. Rauf Parfi (1943-2005) Rauf Parfi (taxallusi - O'zturk) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumaniga qarashli Sho'ralisoy qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo'lib, Farg'onaning Vodil qishlog'idan sho'rolar quvg'ini tufayli Sho'ralisoyga kelib qolgan. Onasi - Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg'onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o'qishni Yangiyo'l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo'mitasida, G'afur G'ulom nashriyotida, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ'ibot markazida, «Jahon adabiyoti» jurnalida (1997-199) ishladi. Rauf Parfi «O'zbekiston xalq shoiri» dir (199). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg'ariy sovriniga sazovor bo'lgan. Rauf Parfi Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa asarlarni o'zbek tiliga o'girgan. Asarlari: «Karvon yo'li» (1969, birinchi she'riy kitobi), «Aks - sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko'zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1989), «Tavba» (200) kabi to'plamlari, «Sukunat» (1991), «Adashgan ruh» dostoni, «Hijrat», «Men yolg'izman», «Pag'a-pag'a oppoq qor yog'ar», «Ona Turkiston» (1992), «Turkiston ruhi» (1993), «Saylanma» (1993), «Tong otmoqda», «Shoir», «Xato qildim», «Cho'lpon», «Yomg'ir yog'ar» (bunda yomg'ir ilhomning ramzi) kabi she'rlari, «Abdullajon» marsiyasi va boshq. Xurshid Davron Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tug'ilgan) - o'zbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi,tasavvufshunosi, yozuvchisi va tarjimoni. Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan yo'g'rilgan. Uning Samarqand xayoli, Sohibqiron nabirasi, Shahidlar shohi yohud Shayx Kubro tushlari asarlari Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Mirzo Bobur hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga, Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga bag'ishlangan. Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. Bobur sog'inchi, Alg'ul yulduzi (Mirzo Ulug'bek) p'yesalarining muallifi. Bobur sog'inchi asari 2003-yilda Muqimiy nomidagi musiqiy-drama teatri va 2004-yilda O'zbekiston san'at institutining talabalar teatri sahnasida qo'yilgan. Chop etilgan kitoblari: Qadrdon quyosh - She'rlar to'plami,1979 Shahardagi olma daraxti - She'rlar to'plami,1979 Tungi bog'lar - She'rlar to'plami,1981 Uchib boraman qushlar bilan - She'rlar to'plami,1983 To'marisning ko'zlari - She'rlar to'plami,1984 Bolalikning ovozi - She'rlar to'plami,1986 Qaqnus - She'rlar to'plami,1987 Полет одинокой птицы - Сборник стихов,1989 Samarqand ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: zip, ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: zip, ppt