Mustaqillik davridagi epik asarlar Reja: Adabiyot o'zbek ziyolilari Shoir va nosir Omon Muxtor 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tavallud topgan. O'rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, O'zbekiston radio va televideniye Davlat Qo'mitasi, «O'zbekfilm» hamda G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir o'rinbosari bo'lib ishlagan. Uning ijodi garchi 50-yillarning oxirlaridan boshlangan bo'lsa ham, birinchi «Chorlar quyoshli yo'llar» she'riy to'plami 1966 yilda chop etiladi. Shundan so'ng u shoir, hikoyanavis, qissanavis, romannavis sifatida yigirmadan ortiq kitob nashr ettirdi. Jumladan, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Buxorolik donishmand» (1973), «Bolalikka sayohat» (1984) kabi hikoyalar to'plamlari, shuningdek, «Uchqur poezdlar» (1981), «Vazifa» (1988) kabi hikoyalar, qissalar majmuasini chop ettirdi. Shoirlarning ijodiy faoliyati Yozuvchi Shoir Tarjimon Dramaturg Ulug'bek Hamdam Ulug'bek Hamdam 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug'ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugattan (1993). «Tangriga eltguvchi isyon» (2002), «Atirgul» (2006), «Seni kutdim» (2007) she'riy hamda «Yolg'izlik» (200), «Muvozanat» (2003), «Isyon va itoat» (2004) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar to'plami ham bor («Badiiy tafakkur tadriji», 2003; «Yangilanish ehtiyoji», 2007). Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadir» (2001) nomli asarini o'zbek tiliga tarjima qilgan Ulug'bek Hamdam KAPALAK Gul labida o'ltirar nuqul, Yo'q, adashdim, raqs tushadi ul. Umri ozdir guldan-da, biroq Parvo qilmas ham kuladi ul MEN TIKKAN BAYROQ Yana she'r keladi yurakka oqib, Yana keragingni anglayman, dilbar! Yana men oltinsoch daraxtga boqib, Mangu qo'shiq haqda suraman o'ylar Yana sen o'zingdan bermaysan darak, Yana men urushman tip-tinch dunyoda! Bo'gziga tig' kelgan jondek jonsarak Teshilar yo'lingda ko'zim behuda Yana sen bordaysan, lekin topmayman, Yana men izlayman, yo'kdaysan biroq! Mangu ikkilikning o'rtasi - VATAN, Mangu IZTIROBdir men tikkan BAYROQ! Said Ahmad Mashhur o'zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo'jaev) 1920 yilning 10 iyunidaToshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tug'ilgan. Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G'afur G'ulom singari adiblar davrasida o'tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko'p sohalarda o'zini sinab ko'rdi: agitplakatlar yozdi, artist bo'lishga urinib ko'rdi, doktorlik maktabida o'qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o'qigach, 1941 yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942-1943 yillarda Respublika radiosida, 1943-1947 yillarda «Qizil O'zbekiston» gazetasida, 1948-1950 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo'lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 199 yilda O'zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo'lgan. Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «Cho'l ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.55 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.55 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: pptx