Mustaqillik va istiqlol davri adabiy tanqidchiligining o'ziga xos xususiyatlari

Mustaqillik va istiqlol davri adabiy tanqidchiligining o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Mustaqillik va istiqlol davri adabiy tanqidchiligining o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik va istiqlol davri adabiy tanqidchiligining o'ziga xos xususiyatlari REJA: 1.Mustaqillik va istiqlol davri ijtimoiy hayotining o'ziga xos tadrijiy taraqqiyot tamoyillari haqida. 2.Mustaqillik davri badiiy adabiyotining estetik va mafkuraviy yo'nalishlari haqida. 3.Badiiy adabiyot va adabiy tanqidchilikda zamon, qahramon muammosi. 4.XX1 asr adabiyoti va adabiyotshunosligi qay yo'nalishda rivojlanishi haqida adabiy tanqidchilikda bildirilayotgan uy, bahs va mulohazalar haqida. 5.Xulosa. Mustaqillik davrida badiiy adabiyotning estetik tamoyillari o'zgardi. Mustaqillik adabiyoti degan atama paydo bo'ldi. Yangicha ifoda usullari, yangicha shakllar, dunyoni idrok etishning yangi yo'nalishlari adiblar ijodiy faoliyatlariga tadbiq etilmoqda. Biroq ana shunday rang-barang asarlar g'oyaviy mazmunining asosini milliy mafkura, milliy g'urur muxtasar aytganda milliylik tashkil etishi darkor (199 7 may № 9. O'zAS). Zotan, bugun zamon o'zgardi, ijtimoiy, siyosiy vaziyat o'zgardi. Yangi jamiyat qurildi. Kechagi salbiy qahramon bugun ijobiy qahramonga aylandi. Kechagi ijobiy qahramon esa salbiy bo'lib qoldi. Biroq adabiyot rivojlanishdan to'xtab qolgan emas. Yangi-yangi romanlar paydo bo'layapti. Bundan keyin milliy nasrimizdagi tamoyillar, uning uslublari qay darajada rivojlanishi kerak? Mazmun har bir yozuvchining o'z ixtiyorida, lekin o'zbek nasrining san'at yo'li qayoqqa qarab ketayapti? Adabiyotimizdagi mahorat masalasi, san'atkorlik masalasi qanday? Bugun biz mana shu masalalarni tahlil etishga, ana shu savollarga javob berishimiz lozim. Adabiyotshunos Qozoqboy Yo'ldoshevning ta'kidlashicha adabiyot bozorga moslashib bormoqda, bozorbop badiiy mahsulotlar ko'plab yaratilayotgani, milliy adabiyotimizda sarguzasht, sirli voqealarni tasvirlashga moyillik kuchayib borayapti. Adabiyot-adabiyotga da'vogardir. Adib esa betizgin vaqtni tizginlashga urinadigan zot. Birgina 1998 yilda hikoyalarga nisbatan qissalar ko'proq yozildi. 1998 yilda o'n sakkizta qissa chop etilgan. O'sha qissalarning yettitasi sof detektiv janrda, yana to'rttasida shunday unsurlar yetakchilik qiladi. Inson tuyg'ularini tadqiq qilishga, uning taqdiridagi murakkabliklarni mahorat bilan ko'rsatishga erishilgan qissalar juda oz. Shu narsani ham alohida qayd etish lozimki, istiqlol davri adabiyoti istiqloldan keyin paydo bo'lgan, deb qarash unchalar to'g'ri emas. Bu davr adabiyoti qanchalar g'alati ko'rinmasin, istiqloldan oldinroq shakllana boshlagan va muayyan darajada mustaqilligimizning amalga oshishiga ham ta'sir ko'rsatgan, deyish mumkin. Chunki millat miqyosida ro'y bergan har qanday ijtimoiy hodisa avval millatning ruhida, shuurida, tafakkurida sodir bo'ladi va so'nggina kelajakka aylanadi. Milliy ruhiyatdagi evrilishlar esa ma'lumki, adabiyotda bo'y ko'rsatadi. Shu ma'noda istiqlol davri mustaqillik adabiyotining mevasi sifatida paydo bo'ldi, deyish ham mumkin (O'zAS, 200 yil 4 avgust). Mashrab Boboyevning ta'kidlashicha, bugunning qahramoni ham har bir davrning qahramoni singari inson, jonli inson bo'lishi kerak. SHo'rolar davridagi qishloq hayotidan yoz, sanoatni yoz, degan mafkuraviy yo'riqlar yo'q. Mana shu yo'riqlar juda ko'p hollarda yozuvchilarimizni yo'ldan adashtirgan, ular zamon talabiga javob beraman, deb sun'iy qahramonlar siymosini chizgan edi. Endi, yana takrorlanmaydi, zamon o'zgardi. Biroq, Inson, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 444.21 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 444.21 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga