N. A. Dobrolyubovning tarjimon oldiga qo'ygan vazifalari

N. A. Dobrolyubovning tarjimon oldiga qo'ygan vazifalari

O'quvchilarga / Adabiyot
N. A. Dobrolyubovning tarjimon oldiga qo'ygan vazifalari - rasmi

Material tavsifi

N. A. Dobrolyubovning tarjimon oldiga qo'ygan vazifalari Reja: 1. Mavzuning ta'rifi. 2. N.A.Dobrolyubovning tarjimon oldiga qo'ygan vazifalari. 3. Bevosita tarjima tamoyillari. 4. Bevosita va bavosita tarjima. 5. Asarni soddalashtirib tarjima qilishning o'ziga xos xususiyati. 6. Muallif tarjimasi. Bu yerda tarjimaning turlari, to'laqonli tarjima yaratish yo'lida qadimgi zamonlardan hozirgacha bo'lgan urinishlar, bevosita va bilvosita tarjimalar, o'quv maqsadlarida amalga oshirilayotgan tarjimalar haqida gap boradi. Bevosita tarjima. Bu - to'g'ridan-to'g'ri asliy matn bilan ishlash natijasida yuzaga keladigan tarjima. Bevosita tarjima jarayonida mutarjimning asliyat tilini bilguvchi, zullisonayn bo'lishi talab qilinadi. Bu haqda adabiyotda ko'p gapirilgan. N.A.Dobrolyubovning «Eneida» haqidagi maqolasini eslaylik. Unda buyuk tanqidchi tarjima qiluvchi kishi, birinchi navbatda, shoir bo'lishi (1) kerak, degan edi. Uning badiiy didi yuksak bo'lishi (2), ayni asarni yozgan shoirning ichki dunyosini bilmog'i (3), uning ijodini to'liq his qilmog'i (4) kerak. Bugina emas, klassik asarlarni tarjima qiluvchi kishi olim ham bo'lishi (5) zarur. U o'sha xalqning qadimiy turmush sharoitlarini (6), o'sha davrlardagi urf-odatlarini (7), xususan, ularning tilini (8) mukammal bilmog'i darkor. Har bir so'zning eng nozik ma'nolarini (9), hatto ko'z ilg'amas bir ko'makchining ma'nosini (10) ham yaxshi bilishi kerak. Xususan, u asarni qaysi tilga tarjima qilayotgan bo'lsa, o'sha tilni juda yaxshi bilishi (11) zarur. U zo'rma-zo'rakilik bilan tarjima qilmaslik (12), o'z tilining butun boyligidan to'la foydalana olish (13), bironta ham sun'iy jumlaga, g'aliz iboraga yo'l qo'ymaslik (14), asarda tasvirlangan fikrni mumkin qadar to'laroq aks ettirish uchun o'z tilida to'g'ri va chiroyligina emas, balki yengil va erkin yoza bilmog'i (15) lozim («Eneida» haqidagi maqoladan). A.S.Pushkin tomonidan tarjima dahosi deb atalgan V.A.Jukovskiy tarjima nazariyasiga doir qimmatli fikrlarida she'riy asarni tarjima qilganda grammatikadan xabardor bo'lish, asar qanday tildan qaysi tilga tarjima qilinayotgan bo'lsa, har ikki tilni ham bilish zarur; bundan tashqari, tarjimon she'r yozish zakovatiga ham ega bo'lishi lozim. Binobarin, tarjimonning iste'dodi shoirning badiiy kamolot darajasiga qanchalik yaqin bo'lsa, shuncha yaxshi. Sotti Husayn, Sanjar Siddiq kabi tarjimashunoslarimiz ham bundan 70 yil avval shunday fikrlarni bildirganlar. Bavosita, bilvosita yoki vositali tarjimada mutarjim asliyat (A) tilidan ikkinchi (B) tilga o'girilgan matn asosida o'zining (V) tiliga ag'daradi - tarjimadan tarjima yuzaga keladi. Natijada taglamadan B tildagi tarjimaga o'tgan hamda uning o'zida yuz bergan qusurlar V tilga o'tishi oqibatida tarjima sifatsizlanaveradi. Shuning uchun bevosita tarjima eng muhim sifat mezoni hisoblanadi. Jahon adabiyotida bunga misol ko'p. Sitseron (m.a. I asr) Esxin va Demosfen nutqlarini yunon tilidan, Simmax (m.a. II asr) Tavrotni ivrit (ibroniy) tilidan yunon tiliga, Iyeronim (IV asr) uni lotin tiliga, ancha keyin, XV asrda, G. Shteynxefel ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 425.42 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 425.42 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga