Narshaxiy M. Buxoro tarixi asari

Narshaxiy M. Buxoro tarixi asari

O'quvchilarga / Adabiyot
Narshaxiy M. Buxoro tarixi asari - rasmi

Material tavsifi

Narshaxiy M. Buxoro tarixi asari Buxoro Sharqning ko'hna shaharlaridan bo'lib, u jahon sivilizatsiyasi, G'arb va Sharqning birlashtiruvchi Buyuk Ipak yo'lining rivojlanishiga, shuningdek o'zbek davlatchiligining shakllanishiga buyuk hissa qo'shgan, asrlar davomida katta-kichik davlatlarning poytaxti bo'lgan. Rim Yevropa- G'arb sivilizatsiyasining rivojida qanchalik ahamiyat kasb etgan bo'lsa, Sharq - Islom sivilizatsiyasi taqdirida Buxoro ham xuddi shunday vazifani o'taydi. Buxoroning vujudga kelish, shakllanishi haqida talaygina tarixiy manbalar mavjud. IX asrda Muhammad al-Mustafiy, X asrda Muhammad al-Idrisiy, Narshaxiy, Abu Jafar Zaydi Tabariy, Mahmud Qoshg'ariy, Muhammad Balamiy, Muhammad an-Nasafiy, XII asrda Muhammad ibn Nasr Quboiy, Zufar ibn Umar, Muhammad Nishopuriy kabi yuzlab tarixchi olimlarning tarixiy, geografik, ilmiy adabiy asarlarida qimmatli ma'lumotlar keltiriladi. Keyingi yillarda yurtimiz tarixini o'rganishga katta etibor berilmoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov asarlarida xam yurtimiz tarixiga doir qimmatli fikrlar berilgan. Tarixiy merosni o'rganish, tariximizni chuqur tadqiq qilishga doir amaliy chora tadbirlar ishlab chiqilgan. «Buxoro tarixi» 943-944 yillarda (Nasr ibn Ahmad Somoniy 914-943 davrida) Abu Bakr Muhammad ibn Jafar ibn Zakriyo ibn Shakir an-Narshaxiy tomonidan arab tilida yozilgan bo'lib, bu asar bizgacha etib kelmagan va bugungi kunda mavjud emas. Manbashunos olim A.Rasulov tadqiqotlariga ko'ra «Buxoro tarixi» 1892 yili fransuz olimi Ch.Shifer, 1897 yili rus olimi N.Lixomish, 1939 yili fors tarixchisi Mudarris Rizoviy, 1957 yili ingliz olimi R.Fraylar tomonidan chuqur o'rganilagani, mavjud nusxalari aniqlanganligi, tatqiqot natijalari asolanganligi va elon qilinganligi va bu borada ilmiy izlanishlarni davom ettirish lozimligini ko'rsatadi. «Buxoro tarixi»ning bosh so'zida aytilganidek, uni dastavval Buxoroning Narshax qishlog'idan bo'lgan Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an-Narshaxiy 943-944 yillarda arab tilida yozgan. Hozirda Narshaxiyning nomi O'rta Osiyoning VII-XII asrlar tarixiga oid deyarli barcha ilmiy tadqiqot ishlarida tilga olinadi-yu, ammo uning hayotiga oid biror to'liq ma'lumot keltirilmaydi. Bunga sabab, uning o'z asarida ham va unga yaqin davrlarda yashagan boshqa mualliflar asarlarida ham shunday ma'lumotlarning kgltirilmaganligidir. Faqat Samoniyning «Kitob ul-ansab» asarida uning to'la nomi Abu Bakr Muhammad ibn Jafar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik ekanligi va u Buxoro ahlidan bo'lib, 286 (899) yili tug'ilgan va 348 (959- 960) yili vafot etganligi eslatiladi . «Buxoro tarixishing esa arab tilidagi asl nusxasi bizgacha etib kelgan emas, to'g'rirog'i, hali shu vaqtgacha uning mavjudligi haqida biror ma'lumot yo'q. , asarning bizgacha etib kelgan nusxasining bosh so'zida aytilishicha, 1128 yiln asli hozirgi Quva shaharidan bo'lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy Narshaxiyning kitobini «ko'pchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni o'qishga rag'bat ko'rgazmaganliklari» sababli o'z do'stlarining iltimosiga binoan arabchadan fors tiliga tarjima qilgan U «arab tilidagi nusxada so'zlangan keraksiz va buning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 96.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 96.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga