Nashriyot va kitob savdosida bibliografik qo'llanmalar Reja: Kundalik bibliografik axborot Retrospektiv bibliografik axborot O'lkashunoslik bibliografik qo'llanmalar tizimi haqida umumiy tushuncha Nashriyot bibliografik qo'llanmalari- bir nashriyot tomonidan chiqarilgan yoki kelgusida chiqariladigan bosma nashrlarning ro'yxatidan iborat bibliografik qo'llanmalar. Kitob savdosi bibliografik qo'llanmalari- bosma mahsulotlarni tarqatishga ta'sir etish maqsadida tuzilgan qo'llanmalar. Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo'llanmalari nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan mavjud yoki kelgusida nashr etiladigan bosma mahsulotlar marketingini va savdosini tashkil etish maqsadida tuziladi. Bu bibliografik qo'llanmalar qog'oz va elektron shaklda tayyorlanadi. Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo'llanmalari nashriyot, kitob do'konlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalar, mamlakatimiz kitob sanoati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallanadi. Bosma mahsulotlar haqida axborot berilayotganiga ko'ra ular quyidagicha turlanadi: perspektiv, kundalik, retrospektiv, nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo'llanmalari. Ular bir-biridan vazifasi, mazmuni va boshqa xususiyatlariga ko'ra ajratiladi va, albatta, kirish so'zi yoki so'zboshi, asosiy qism va mundarija kabi majburiy elementlarga ega bo'ladi. Ba'zilarida qo'shimcha elementlar - axborot manbalarining ro'yxati, qisqartmalar ro'yxati, yordamchi ko'rsatkichlar beriladi. So'zboshi asosiy qismning mazmuni bilan bog'liq holda, ko'rsatkichning maqsadi, vazifasi, undan foydalanish yo'llari haqida tavsiya beradi. Asosiy qism nashrlarning bibliografik yozuvidan (ba'zida qisqacha annotatsiyasi bilan) va o'nli klassifikatsiya jadvali asosida shifr indeksidan iborat bo'ladi. Yordamchi sarlavhalarga yoki muallifga oid ma'lumotlar beriladi. Bibliografik yozuvlar bo'limlar, ichki bo'limchalarda mavzular bo'yicha alifbo yoki boshqa tanlangan prinsið asosida joylashtiriladi. Bunday qo'llanmalar kutubxonalar faoliyatida kutubxona fondini maqsadli to'ldirishda, bibliografik axborotlarni tayyorlashda, talablarni bajarishda, kitobxonlarning axborot madaniyatini tarbiyalashda yordam beradi. Shu yo'nalishdagi bibliografik qo'llanmalar qo'shni mamlakatlarda keng qo'llanilmoqda. Masalan, kitob savdosi va nashriyotchilik ishini muvofiqlashtirish va takomillashtirish maqsadida Rossiyada «Mavjud va bosmaxonadagi kitoblar» («Êíèãè â íàëè÷èè è ïå÷àTè») milliy axborot tizimi yaratilgan. Ular: - Rossiyada kitob bozorining ahvoli haqida muntazam va tezkorlik bilan axborot berib borish; - noshir va kitob tarqatuvchilar orqali kitobga tushayotgan talab va ehtiyojni o'rganish va qondirishni nazorat qilib borish; - ko'p so'ralayotgan kitoblarni nashr qilish texnologiyasini muntazam qo'llash maqsadida savdo va noshirlar orasidagi o'zaro munosabatni yo'lga qo'yib borish; - kutubxonalar, nashriyotlar, kitob savdosi, kitob tarqatuvchilarning belgilangan klassifikatsiya, tiðologiya va formatlardan bir xilda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish; -kitob savdosi tashkilotlari va kutubxonalarning yangi nashr etilayotgan adabiyotlar, kitob bozorining ahvoli haqida oldindan va o'z vaqtida bibliografik axborot olishlari uchun bosmaxonada yuzaga chiqish oldida turgan nashrlar haqida, nashrdan chiqishi rejalashtirilayotgan adabiyotlar haqida axborot katalogida o'z vaqtida va to'la ma'lumot berib borish vazifalarini bajaradi. Yil davomida katalog tizimida Rossiyadagi va boshqa qo'shni mamlakatlardagi (Ukraina, Belorussiya, Qozog'iston va boshqa) 200 dan ortiq nashriyot mahsulotlari haqida axborot berib turiladi. Ma'lumotlar nashriyotlardan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.18 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.18 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: docx