Navoiy Foniyning forsiy she'riyati

Navoiy Foniyning forsiy she'riyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Navoiy Foniyning forsiy she'riyati - rasmi

Material tavsifi

Navoiy Foniyning forsiy she'riyati Reja: 1. Navoiyning forsiy she'riyati haqida munosabatlar. 2. Devoni foniyning yaratilishi, tarkibidagi janrlar rang-barangligi. 3. Foniy she'riyatining mazmun-mundarijasi, timsollar rang-barangligi. 4. Navoiy tatabbulari: Hofiz, Sa'diy, Jomiy. Alisher Navoiy arab, forsiy va turkiy tillarni mukammal bilgan holda bu tillarda asarlar ijod etardi. Uning she'riyatida ham bunday sifat ko'zga tashlanadi. Alisher Navoiyning turkiy tildagi she'riyati shoirning jahoniy shuhratini ta'min etgan bo'lsa, fors-tojik tilida bitgan she'rlari ham uning forsiygo'ylar orasidagi ulkan mavqyeini yana bir karra tasdiqladi. Shunisi borki, ikki tilda yaratilgan she'riyat ham Alisher Navoiy kabi daho qalamiga mansub ekan, ularni yaxlit holda o'rganish va talqin qilish lozim. Chunki shoirning olijanob maqsad va fikrlari, yaratgan timsollari har ikki tilda bitgan she'riyatda ham ifoda etilgan. Farq esa ana shu tillarning xususiyatlaridan kelib chiqqan bayon uslubida kuzatilishi tabiiy. Xuddi ana shu masala Alisher Navoiy - Foniyning quyidagi mashhur qit'asida bayon etilgan: Ma'nii shirinu ranginam ba turki behad ast, Forsi ham la'lu durhoi samin gar bingari. Go'iyo dar rastai bozor suxan bikshudaam, Yak taraf do'koni qannodiyu yak so' zargari. Mazmuni: Turkiy tilda shirin ma'nolar, badiiy go'zal asarlarim ko'pdir, forsiy she'rlarim ham qimmatbaho gavhardirlar. Bu bilan go'yo so'z bozorining bir tomonida shirinliklar do'koniyu ikkinchi tomonida zargarlik do'konini ochgandekman. Bunda ulug' shoir ikki tilda yozgan asarlarining bir xil qimmat va ahamiyatga ega ekanligini juda chiroyli badiiy tasvirda ifoda eta olgan. Alisher Navoiy asosan turkiy tilda ijod qilsa-da, Muhokamat ul-lug'atayn asarida aytilishicha, forsiy she'rlar yozishni ham yoshligidan boshlagan edi. Natijada, ular anchagina miqdorda to'planib qolib, shoir ularni devon holiga keltirishga shoshilmasdi. Alisher Navoiyning bu tildagi she'rlaridan xabardor bo'lgan Sulton Husayn Boyqaro ularni ham to'plashga buyurgan ekan. Bu holni Alisher Navoiyning Husayn Boyqaroga yozgan bir maktubidan ham bilish mumkin: «Alhamdulillah v-alminna bu uchurda hukm yo'suni bila forsiy parishon abyot va parokanda ash'orni yig'ib, devon yo'sunlik jild qilinib erdi, Yusuf Alidin tobug'da yuborildi. Umid ulki, qabul davlatig'a muzayyan va pisand saodatig'a musharraf va mustahsan bo'lg'ay» (14-tom, 219). Devonning tuzilgan yili va nomi bu o'rinda eslatilmagan bo'lsa-da, ammo bularga ishorani «Muhokamat ul-lug'atayn»da (bu asar 905-h., 1499-1500 melodiy yilda yozilgan) berilgan quyidagi ma'lumotda uchratish mumkin: «Yana forsiy g'azaliyot devoni… tartib beribmenkim, olti mingdin abyoti adadi ko'prakdur» (16-tom, 32). Demak, forsiy she'rlar devoni 905 hijriy- 1499-1500 melodiy yildan oldin taxminan 90-yillarning ikkinchi yarmida tartib berilgan. Undagi she'rlarda Foniy taxallusi qo'llanilganidan uni «Devoni Foniy» tarzida atash odat bo'lib qolgan. «Devoni Foniy»ning muallif qalamiga mansub dastxati noma'lum bo'lsa-da, ammo undan ko'chirilgan nusxalardan yettitasi hozirda ma'lum. Ularning 2 tasi Parij, 2 tasi Turkiya, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.96 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.96 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga