Navoiy va Bobur hayoti, ijodining o'ziga xos xususiyatlari

Navoiy va Bobur hayoti, ijodining o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Navoiy va Bobur hayoti, ijodining o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Navoiy va Bobur hayoti, ijodining o'ziga xos xususiyatlari «Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlatirib, yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda» I.Karimov Reja: Navoiyning ijodiy merosi Boburning ijodiy merosi Navoiy va Bobur ijodidagi o'ziga xos xususiyatlar Navoiy va Bobur asarlarida Husayn Bayqaro timsoli Navoiy va Boburning adabiy-tanqidiy qarashlari Inson umrini sharli ravishda 4 qismga bo'lsak, Navoiy o'sha 4 qismning bir qismini davlat va jamoat ishlariga, 3 qismini esa ilmiy va badiiy ijodga bag'ishlaganday bo'ladi. Bobur esa o'sha 4 qismning 3 qismini davlat va jamoat ishlariga 1 qisminigina ilmiy va badiiy ijodga bag'ishlaganday tuyuladi. Shuning uchun bo'lsa kerakki, Navoiy ijodiy merosi son va salmoq jihatdan Bobur merosidan kattadir. Bu haqda aniq tasavvur hosil qilish uchun ulardan qolgan merosni ko'zdan kechiralik. Navoiy asarlari ro'yhati «Ilk devon» (Navoiy muxlislari tomonidan tuzilgan) «Badoye-ul bidoya» «Navodir-ul nihoya» «Garoyib -us sig'ar» «Navodir -us shabbob» «Badoye-ul vasat» «Favoyid-ul kibar» «Devoni foniy» «Xutbai devoni» («Xazoyin-ul maoniy» devoniga so'z boshi) «Sitai Zaruriya» (Qasidalar to'plami) «Fusuli arb'a» (yil fasllari haqidagi qasidalar) «Majolis-un nafois» «Mezon -ul avzon» «Nasoyim-ul muhabbat» «Mufradot» «Muxokamat-ul lug'atayn» «Tarixi anbiyo va xukamo» «Tarixi muluki Ajam» «Siroj-ul muslimin» «Munojoat» «Xamsa» «Lison-ut tayr» «Maxbub-ul kulub» «Nazm-ul javohir» «Arbain xadis» «Munshaot» «Vaqfiya» «holati Said Xasan Ardasher» «Munoqibi Pahlavon Muhammad» «Hamsat-ul mutaxayrin» «Sab'xat abxur» Navoiy asarlari soni bundan-da ko'p bo'lishi mumkin edi. Ammo umri vafo qilmadi. O'zining e'tirofiga, yana u Yusuf va Zulayxo muhabbati haqida, o'z muhabbati haqida doston, Husayn Bayqaro tarixini yozmoqchi edi. Bobur asarlari ro'yhati Qobul devoni Xind devoni Tehron devoni «Boburnoma» «Mubbayin» «Muxtasar» «Volidiya» «Xatti Boburiy» «Risolai qofiya» «Harb ishi» «Musiqa ilmi» Boburshunoslikda uning bizgacha yetib kelmagan asarlari sifatida «Xarb ishi», «Musiqa ilmi» asarlari ko'rsatiladi. «Boburnoma»ni ko'chirgan kotib, unga yozgan ilovasida shunday fikrlar aytgan. «va ul podshoh aruz va qofiyaga ham risolalari bor». Bu bitikdan ma'lum bo'ldiki, Boburning qofiya ilmiga oid risolasi ham bor, bu asar ham bizgacha yetib kelmagan. Sho'ro davrida Navoiyning 20 jildan iborat asarlar to'plami nashr etildi. Ammo bu nashrda asarlarning debocha qismidagi xajd, na'tlar, munojatlar tushirib qoldirildi. Shoirning diniy mavzudagi asarlari nashr etilmadi. Istiqloldan so'ng esa Navoiy asarlari to'plamining 20 jildlik to'liq nashri yuzaga keldi. Ana shunday gaplarni Bobur asarlari nashri bo'yicha aytib bo'lmaydi. Avvalo, Boburning Tehron devoni xali o'rganilmaganligini aytish zarur. Shoirning e'lon qilingan she'rlar to'plami, analki, 1947 yilda Samaylovich tomonidan nashr etilgan she'rlari ham to'liq aks ettirmagan. Bundan tashqari, uning «Boburnoma», «Muxtasar» kabi asarlari bag'rida shoir she'rlar to'plamiga kirmagan 200 misradan ortiq turkiy va forsiy baytlar bor. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 460.32 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 460.32 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga