Navoiyning til haqidagi fikri Navoiy Muhokamat-ul-lug'atayn da til va tafakkurning umumiy masalalari to'g'risida ham fikr yuritadi.Uning til va tafakkur haqidagi fikr-mulohazalarida ilg'or ,ratsionalistik tushunchalar ham,o'rta asr sxolastik falsafiy qarashlari ham bor. Navoiyning tushunishicha,til ijtimoiy hodisadir.Til insonni hayvondan ajratuvchi gavhari sharif dir.Til tafakkurning ifoda qurolidir. Kishining ko'ngli (fikri) daryodir,so'z esa -dur,so'zlovchi g'avvosdir.Dur turli xilda bo'lgani kabi,so'z ham har xil bo'ladi.Yaxshi so'z kishiga jon bahsh etadi,yomon so'z kishini halok etishgacha olib boradi.Til ma'rifat va adabiyot quroli hamdir.So'z so'zlashdan maqsad ma'no ifodalashdir: amo chin alfoz va iboratdinmurod ma'nidir va mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul mazxari maoniy va bayon,so'z aning so'zidadir va takallum aning kalomida borur.Binobarin,ma'ni adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma'ni faxm bo'lur.Demak,Navoiy til bilan tafakkurni bir-biridan ajratmaydi,balki ularni uzviy birlikda oladi.U ma'noni birlamchi,shaklni ikkilamchi deb hisoblaydi,ma'noga so'zning joni deb baho beradi. Navoiy tilni qotib qolgan,o'zgarmas bir narsa deb hisoblamaydi.Til o'sadi,rivojlanadi,u har doim jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashib boradi,tillar o'zaro aloqada bo'ladi,bir-biri bilan chatishadi. Til va tafakkur masalalaridagi bu ijobiy fikr-mulohazalariga qaramay, Navoiyda o'rta asr sxolastik falsafasi va islom aqidalari ham chuqur iz qoldirgan. Navoiy ishining nutq qobiliyatini xudoga,turli tillarning paydo bo'lishini Nux payg'ambar va uning o'g'illariga bog'laydi.U Muhokamat-ul-lug'ataynda bunday deydi: Mundin so'ngra uch naf tildurkim,asl va mo'tabardur va ul tillar iborati gavhari birla qoyimning adosig'a Zevar va har qaysining furui bag'oyat ko'pdur.Ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning amnshaidurki,Nux payg'ambar…uch o'g'liga kim,Yofaz va Som va Xomdur etushur.Va bu mujmal tavsili budurki,Nux…to'fon tashviridin najot va aning mahlakasidin hayot topti,odam ma'murasida bashar jinsidin osor va inson navidin namudor qolmaydur erdi.Yofasniki,tavorix ahli Abut-turk bitirlar,Xito mulkiga yibordi va Somniki,Abul-furs bitirlar,Eron va Turon mamolikining vasatida voli qoldi va Xomniki,Abulhind debdurlar Hindiston bilodig'a uzotti.Va bu uch payg'ambarzoda avlod va atboi mazkur bo'lg'on mamolikda yoyildilar va qolin bo'ldilar. Navoiyning fikricha, arab tili bundan mustasnodir, u kalomi ilohiydur,hamma tillardan go'zalroq va boyroqdir chunki xudoning kalomi bo'lgan Quron va payg'ambar hadisi,avliyolar va mashoyixlar so'zi shu tilda yaratilgan.Islom dini hukmron bo'lgan bir sharoitda XV-asr mutafakkiri Navoiyning Quron tili bo'lgan arab tiliga diniy nuqtai nazardan yondashib,uni barcha tillardan yuqori qo'yishi ajablanarli bir hodisa emas edi. Navoiy o'zbek adabiy tili va adabiyoti taraqqiyotiga,tilshunoslik fanining ravnaq topishiga til va tafakkur haqidagi o'rta asr sxolastik va diniy qarashlari bilan emas balki radikal va taraqiyparvar fikrlari bilan,konkret fakt va misollar asosida turk va sort tillarini o'zaro chog'ishtirib ilmiy xulosalar chiqarishi bilan g'oyat katta xizmat qiladi. Fors-tojik tiligina boy va nafisdir,o'zbek tili qashshoq va qo'poldir degan g'ayri ilmiy tendensiyalarni uzil-kesil tor-mor etish,o'zbek yozuvchilarini ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.85 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.85 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:24 ]
Arxiv ichida: doc