Navoiyshunoslik Navoiy hayoti va ijodini o'rganish manbalari

Navoiyshunoslik Navoiy hayoti va ijodini o'rganish manbalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Navoiyshunoslik Navoiy hayoti va ijodini o'rganish manbalari - rasmi

Material tavsifi

Navoiyshunoslik Navoiy hayoti va ijodini o'rganish manbalari Reja: 1. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rganish manbalari 2. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rganish bosqichlari: XV asrda navoiyshunoslik; XVI-XIX asrlarda Sharqda va G'arb davlatlarida navoiyshunoslik; XX asr navoiyshunosligi; Mustaqillik davri navoiyshunosligi. 3. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rganish muammolari. Navoiyshunoslik, Navoiy hayoti va ijodini o'rganish manbalari. Alisher Navoiy hayoti, shaxsiy fazilatlari, faoliyati, ko'pqirrali merosini bilish va anglashga intilish moziydan hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Chunki ulug' o'zbek shoiri, nosiri, mutafakkiri, davlat arbobi, ma'rifatparvari, ijod ahlining murabbiysi, fuqaro g'amxo'ri, mamlakat yaxlitligi, tinchligi va osoyishtaligining tolmas kurashchisi Nizomiddin Amir Alisher Navoiy o'zining ko'pqirrali fa'oliyati bilan mamlakat va xalq taqdiri, ilm-ma'rifat, she'riyat va ma'naviyat tarixida alohida mavqega ega bo'lgan benazir siymodir. Alisher Navoiy o'zining faoliyati va olijanob insoniy fazilatlari bilan hayotligi vaqtidayoq juda katta obru va hurmatga sazovor bo'lgan. Shuning uchun uning hayoti, faoliyati, ilmiy va adabiy merosini o'rganish, shaxsiy fazilatlarini yoritish, unga baho berish, uni ibrat-namuna sifatida e'tirof etib keng targ'ib etish o'sha vaqtdan, ya'ni XV asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Alisher Navoiy haqida hozircha birinchi ma'lumot 875-hijriy-1470-melodiy yilda yozilgan Matla' us-sa'dayn va majma' ul bahrayn (ikki saodat bag'ishlaguvchining boshlanishi va ikki dengizning birlashuvi) nomli tarixiy asarda uchraydi. Asarning muallifi Abdurazzoq Samarqandiy bo'lib, mazkur kitobning ikkinchi jildida 1470-yil voqealari bayoni jarayonida Alisher Navoiyni tilga oladi. Bu manbada Sulton Husayn Boyqaroning Yodgor Mirzoni yengib ikkinchi marta Hirotni qo'lga olishida Alisher Navoiyning roli kata bo'lganligi, o'sha paytlardayoq uning Xuroson va Hirotdagi mavqei yuksak darajada bo'lganligi qayd etiladi. 1470- yildan so'ng yozilgan tarixiy (Ravzat us-safo), ilmiy (Nafahot ul-uns, Tazkirat ush - shuaro) va badiiy (Haft avrang, Bahoriston) asarlarda ham Alisher Navoiyning nomi zikr qilindi, uning haqida turli xildagi ma'lumotlar keltirildi. Hatto unga bag'ishlangan maxsus holot-manoqib (Makorim ul -axloq) asari ham yaratilib, unda Alisher Navoiy hayoti, shaxsiyati, faoliyati, merosi, ijodiy aloqalari, turli yozishmalari, ayrim asarlarining yaratilish sabab va tarixi haqida nodir hikoyat va hujjatlar to'plandi. Alisher Navoiy yaratgan asarlarni o'z davrining mashhur xattotlari bo'lmish Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Abduljamil kabilar go'zal tarzda ko'chirish bilan ularning avlodlarga etib kelishiga bois bo'ldilar. XVI-XIX asrlar orasida Sharqning islomiy mintaqalarida yaratilgan turli xil asarlarda, jumladan Z.M. Boburning Boburnoma, Vosifiyning Badoe' ul-vaqoe', Muhammad Haydarning Tarixi Rashidiy, Abulmo'minxonning Tom ut-tavorix (XVI asr), Abdulloh Kobuliyning Tazkirat ut-tavorix, Sayid Sharif Roqim Samarqandiyning Tarixi kasira (XVII asr), Volai Dog'istoniyning Riyoz ush-shuaro (XVII asr) va boshqalarda Alisher Navoiy hayoti, merosi, faoliyatidan bahs yuritildi. Xuddi shu davrlarda uning merosini chuqur o'rganish maqsadida asarlaridagi so'zlarning sharhiga bag'ishlangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.74 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.74 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga