Navoiyxonlik kechasiga bag'ishlangan taqdimot

Navoiyxonlik kechasiga bag'ishlangan taqdimot

O'quvchilarga / Adabiyot
Navoiyxonlik kechasiga bag'ishlangan taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Marhamat tomosha qiling!! Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug'ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o'tkazgan. Navoiyning otasi G'iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo'lgan. She'r zavqi va iste'dodi erta uyg'ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste'dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e'tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta'lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo'lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o'tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida o'z mablag'lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo'lovchilar to'xtab o'tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko'prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga ko'ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi o'z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. O'zbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. G'ulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G'anieva v.b. Navoiyning hayot yo'li haqida asarlar yaratishgan. Lirik merosi Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she'rlarini yig'ib, «Ilk devon» (1464-65) tuzgan edilar, so'ngra «Badoyiul-bidoya» («Go'zallikning boshlanishi»), «Navodirun-nihoya» («Nodirliklar nihoyasi») nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 500 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to'rt devon (1491-1498)ga jamlangan. Navoiy she'riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko'lami (16) xilma-xil. G'azallari «oshiqona, orifona, rindona» (Shayxzoda) sifatlar bilan o'rganiladi. G'azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg'un holda ulug'lanib, «majoz - haqiqat ko'prigi» aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she'riyatidagi zohiriy ma'no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o'rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin. «Nazmul-javohir» (1485) Hazrat Alining «Nasrul-laoliy» asarining turkiy nazmga solingani bo'lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta'limiy qarashlar o'z aksini topgan. O'R FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qo'lyozmasi saqlanadi, undan ko'pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yig'ilib, tasnif etilgan. «Ilk devon» Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. «Navodirun-nihoya» O'R FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir bo'lib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan ko'chirilgan. Xamsa Alisher Navoiy ijodining yuksak cho'qqisi «Xamsa» asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo'lib, turkiy tilda to'liq «Xamsa» yaratdi va turkiy tilda shunday ko'lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. «Xamsa» tarkibiga «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlar kiradi. «Hayratul-abror»da hamd, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.45 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.45 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga