Nazar Eshonqul hikoyalarida badiiy ifoda va obrazlar talqini M U N D A R I J A КИРИШ 3 I БОБ. БАДИИЙ НИЯТ ВА ҚАҲРАМОН ТАЛҚИНИ7 II БОБ. ФАЛСАФИЙ-ПСИХОЛОГИК ТАЛҚИН25 II БОБ. ИНСОН ТАҚДИРИ ТАЛҚИНИ ВА ИЖОДИЙ ИНДИВИДУАЛЛИК46 ХУЛОСА68 ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ73 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillari yurtimiz hayotida jiddiy o'zgarishlar vujudga keldi. Bu o'zgarishlar adabiyotga ham sezilarli darajada o'z ta'sirini ko'rsatdi. Chunki istiqlol mafkurasi xalq va jamiyat hayotiga chuqur singib bormoqda. O'zligini teran anglab yetgan har qanday jamiyatning turmush tarzida ma'naviyat markaziy o'rinni ishqol etishi muqarrar. Zero, Prezidentimiz I.Karimov qayd etganidek: «Biron-bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi». Shu ma'noda badiiy adabiyot ham ma'naviyatni targ'ib etadi. Shiddatli davr xususiyatlarini badiiy obrazlar orqali yoritib beradi. Shu jihatdan, keyingi yillar adabiyotida o'ziga xos ovoz va uslubga ega bo'lgan ijodkorlardan biri Nazar Eshonquldir. Har bir ijodkor adabiyot olamiga qadam qo'yar ekan, so'z san'atining murakkab qirralarini teran his etadi. Bu maydonda o'z o'rnini qoldirishga intiladi. Nazar Eshonqul adabiyotda falsafiy fikrlari, sirli, majoziy tasvirlari orqali alohida ajralib turadi. Adabiyotshunos U.Normatov bu haqida shunday yozadi: «Milliy adabiyotdagi har bir ijodiy hodisaning sababini tashqi omillardan emas, avvalo shu milliy zaminning o'zidan, real voqelikdan, zamona ehtiyojlaridan izlamoq darkor Bu tamoyillar ayniqsa Nazar Eshonqul ijodida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Muallifning «Maymun yetaklagan odam» va «Muolaja» asarlaridan tortib «Bevaqt chalingan bong», «Istilo», «Tobut» hikoyalarigacha - barchasi ifoda va talqin yo'sini jihatidan o'zbek adabiyotida yangi hodisa bo'ldi».2 Darhaqiqat, bugungi adabiyotimizda o'ziga xos tamoyilga aylanib borayotgan yangicha asarlar, to'g'rirog'i absurd adabiyotiga xos talqinlar kitobxonlar va ilmiy jamoatchilikda jiddiy qiziqish uyg'otmoqda. Natijada o'zbek adabiyotshunosligida so'nggi yillar hikoyachiligi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko'lami, miqyosi, ilmiy-nazariy saviyasi bu borada yaxshi samaralarga erishayotganligidan dalolat beradi. Ularda hozirgi o'zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi, milliy qahramon muammosi, badiiy-uslubiy izlanishlar kabi masalalar muayyan ijodkorlar asarlari misolida ilmiy umumlashtirilgan.3 Ko'rinadiki, har bir tarixiy-ijtimoiy davrda dunyoqarashlar o'zgargani singari insonga bo'lgan qarashlar va uning talqin xususiyatlari ham yangilanadi. Insonning ijtimoiy voqelikka munosabati ham zamonlar o'tishi bilan o'zgaradi. Shu ma'noda, mustaqillik davri o'zbek adabiyoti, xususan, hikoyachiligida badiiy ifoda va obrazlar talqini masalasini davr, jamiyat va ijtimoiy voqelik bilan vobasta o'rganishni hayotning o'zi taqozo etayotir. Ushbu masalalarning o'zbek nasrida in'ikos etganligi qay darajada o'rganilgan bo'lmasin, aynan, N.Eshonqul ijodi misolida chuqur o'rganilgan emas. Magistrlik dissertatsiyamizda biz mazkur muammoni N.Eshonqul hikoyalari misolida tadqiq etib, bashariy qadriyatlar bosh mezon hisoblangan nazariy-estetik qarashlar asosida ilmiy umumlashtirishga harakat qildik. Dissertatsiya ishining maqsad va ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
149.69 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
149.69 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:24 ]
Arxiv ichida: docx