Nishotiy hayoti va ijodi

Nishotiy hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Nishotiy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Nishotiy hayoti va ijodi Hayoti va ijodi MUHAMMADNIYOZ NISHOTIY (XVII asr)Taniqli o'zbek shoiri, liro-epik she'riyat tarraqqiyotida alohida o'ringa ega. Xorazm (1701)da tug'ildi. Ijodiy merosidan lirik she'rlari va Husnu Dil dostoni yetib kelgan. She'rlari G'azaliyot va muxammasoti Nishotiy, Bayozi mutafarriqa, Bayozi majmuai ash'or kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan ko'chirilgan devoni (1903). Yirik asari Husnu Dil dostoni Buxoroda (1778) yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur bo'lib, Yax'yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, ko'ngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, xayol, G'amza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-ta'limiy g'oyalari ifodalangan. Qushlar munozarasi asari ham allegorik - majoziy xarakterga ega bo'lib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning o'zaro bahsu-munozaralari orqali o'z qarashlarini bayon etadi. Doston tarkibidagi masallar asar g'oyasining yanada to'laqonli chiqishini ta'minlashga xizmat qiladi. Mard eliga o'zgacha oyin kerak, Qavlig'au fe'liga tahsin kerak. Aqling agar senga bo'lsa rahnamun, Jisming aro jon erur ul qofu nun. Kimki yamon so'zni der, inson emas, So'zki yamondir, oni hayvon demas. * * * So'zdin ekan ruhi ravon ham sanga, Jonu tanu tobu tavon ham sanga. * * * So'zki malohat bilan marg'ub erur, Ziynat anga bo'lsa agar xo'b erur. * * * So'zdin erur ma'nini rangin murod, Bo'lmasa ul so'zni degil girdbod. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 218.7 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 218.7 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga