Nizomiy Ganjaviyning Xamsa asari tahlili

Nizomiy Ganjaviyning Xamsa asari tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Nizomiy Ganjaviyning Xamsa asari tahlili - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Nizomiy Ganjaviyning Xamsa asari tahlili. NIZOMIY GANJAVIY (1141 - 1209 yil) Asl ismi Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayya. Hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug'ilgan. Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko'p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, ximiya, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan. Nizomiy Ganjaviy yashagan davrda Ozarbayjonda Shirvon Tohir sulolasi hukmronlik qilar edi. Ular shoirni o'z saroylariga taklif qildi, lekin Nizomiy bu taklifni rad qilib, erkin ijod qilishni ma'qul ko'rdi. U o'z asarlarini fors tilida yozdi, chunki bu til o'sha paytda Ozarbayjonda davlat tili hisoblanar edi. Ganjaviyning o'z ona tilida ijod qilolmaganidan afsuslanib yozgan she'rlari ham bor. Nizomiy Ganjaviyning 20 ming baytdan iborat she'riy devoni bo'lgan. Shoirning lirik she'rlari turli bayoz va to'plamlardan tarkib topib, jamlangan. Lekin undan ayrim parchalar: 16 qasida, 192 g'azal, 5 qit'a, 68 ruboiy va 17 bayt saqlanib qolgan, xolos. Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo'lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo'lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta'sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanul-asror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Aaisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an'anasini davom ettirganlar ASARLARI. «Xamsa» («Panj ganj» («Besh xazina»)), 1173 - 1201 yillar orasida yozilgan. Unda quyidagi dostonlar bor: 1. «Mahzanul asror» («Sirlar xazinasi», (1173 - 1179 yillar) 2. «Xusrav va Shirin» (1180-1181) 3. «Layli va Majnun» (1188) 4.«Xaft paykar» («Yetti go'zal»)) 5. «Iskandarnoma» (1196-1201) 1. Mahzan ul-asror (Sirlar xazinasi) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag'ishlab yozilgan. Asar muqaddima va xotimadan tashqari 20 maqola bo'lib, har maqolaga oid 20 hikoya mavjud. Asarda shoir yashagan davrning muhim ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy masalalari aks etgan. Kichik-kichik hikmatli hikoyalar, shoir aforizmlari bu asarda ko'plab keltirilgan. Bu hikoyatlar fikrni tasdiqlash yoki yakunlash uchun qo'llanilgan. Masalan, davlat boshliqlarini adolatga chaqiruvchi Anushervon haqidagi hikoyat xarakterlidir. Anushervon ayonlari bilan bir xaroba qishloqdan o'tayotib ikki boyqush tovushini eshitadi. Shoh ularning nima deb so'rayotganini qush tilini biluvchi dono vaziridan so'raydi. Shunda vazir deydi: Bu boyqushlardan biri o'z qizini ikkinchisiga bermoqchi bo'lib, buning evaziga ana shu qishloqqa o'xshagan xarobalar talab qilayotir. U bo'lsa, podshohimiz Anushervon omon bo'lsa, bunday xaroba qishloqlar juda ko'payadi, istaganingcha olasan deyapti». Bundan xulosa chiqargan shoh zulm qilmaslikka, mamlakatni adolat bilan idora qilishga ahd qilibdi. Dostonda ana shunday didaktik hikoyatlar juda ko'plab uchraydi. Keyinchalik bu asarga javoban forsiy va turkiy adabiyotlarda 40 dan ortiq dostonlar (Navoiy, Hayrat ul-abror) yaratilgan. 2. Xusrav va Shirin (1181) , bu doston Iroq hukmdori To'g'rul II ning iltimosiga ko'ra yozilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 882.75 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 882.75 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga