Nodim Namangoniy hayoti

Nodim Namangoniy hayoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Nodim Namangoniy hayoti - rasmi

Material tavsifi

Nodim Namangoniy hayoti (1844-1910 YIL) Reja: Nodimning hayoti va ijodini o'rganilish tarixi. Shoirning hayot yo'li. Nodim she'riyati. Nodim Namangoniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. Nodimning «Sayohatnoma»lari. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida yashab ijod etgan taraqqiyparvar ijodkorlardan biri Nodim Namangoniyning hayoti va ijodiga o'rganish o'z davriyoq e'tibor berila boshlangan. Chunonchi, «Bayozi Nodim», «Tuhfatul-obidin» va Anisul oshiqin», «Bayozi Muhallo» kabi bir qancha bayozlarda shoir ijodidan namunalarni uchratamiz. 1940-45 yillarga kelib o'zbek adabiyotshunosligida shoir hayoti va ijodiga bo'lgan e'tibor orta boshladi. SHo'ro davrida Nodimning she'riy merosi dastlab O.Sharafiddinov tomonidan 1945 yilda tuzilgan «O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» orqali keng o'quvchilar ommasiga yetkazildi. Keyinroq T.N.Qori Niyoziyning «Sovet O'zbekistoni madaniyati tarixidan ocherklar» (1955) asari, G'.Karimovning 1958 yilda Muqimiy «Tanlangan asarlar»ning nashriga yozgan sharhi, 1960-63 yillarda G'.Karimov va A.Tursunovlarning Nodim Namangoniy hayoti va ijodining turli jihatlariga bag'ishlangan bir necha maqolalari e'lon qilindi. O'tgan asrning 60- yillari o'rtalaridan boshlab esa Nodim hayoti va ijodi maktab va oliy o'quv yurtlari darslik, qo'llanmalariga kiritildi. Jumladan, 1968 yilda nashr qilingan O'zbek adabiyotining 5-tom, 2-kitobida Nodim Namangoniy hayoti va ijodiga alohida fasl ajratilgan. 1980 yili bosilib chiqqan besh tomlik O'zbek adabiyoti tarixi darslik kitobining 5-tomida ham Sulaymon Ulug'xo'ja o'g'li Nodim deb ataluvchi maxsus qism mavjud. Ammo shoir ijodini ommalashtirish va nashr ettirish sho'rolar davrida anchayin kechikib - 1964 yili amalga oshirildi. Sulaymon Ulug'xo'ja o'g'li Nodim 1844 (hijriy 1260) Namangan shahrining Jome' (hozirgi Baynalminal) mahallasida o'qimishli oilada dunyoga keldi. U ibtidoiy tahsilni Saidqulbek madrasasida oldi. Uning yoshlik yillari taloto'pli kunlarga to'g'ri keldi. O'rta Osiyo Rossiyaga qo'shib olinishi, mustamlaka sharoitida oddiy xalqning ezilgan hayoti yosh Nodimning onggiga ta'sir qildi, chunki bu vaqtda u hayotdagi voqealarni aql bilan idrok qila oladigan yoshda edi. Nodimning hayoti va ijodiy faoliyatida Qo'qon adabiy muhitining katta ahamiyati bor, chunki u yerdagi adabiy hayot qalbi qaynoq shoirni Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan bog'ladi. Ayniqsa, Nodimning Muqimiyga bo'lgan muhabbati ayricha edi. Ayni paytda Muqimiy ham Nodimga qattiq mehr qo'ygan edi. Muqimiy qachon Namanganga borsa, albatta Nodimlarning xonadonida mehmon bo'lar, bu yerdagi adabiy kechalarda ishtirok etar edi (bu haqda Muqimiy jiyani Ro'zimuhammadga yo'llagan maktublarida ham yozgan). Muqimiy va Nodim o'rtasidagi do'stlikni dalillovchi muhim hujjatlar ularning bir-birlariga yozgan maktublaridir. Shoirning o'zaro yaqinligini maktublarning mazmuni va ruhidan ham sezish mumkin. Muqimiyning Nodimga yo'llagan maktublari hozir Qo'qondagi muzeyda saqlanmoqdi. 188 yilda Muqimiy Nodimga Toshkentdan kattagina she'riy maktub - «Javobi ruq'ai Nodim Namangoniy»ni yo'llaydi. Muqimiy maktublaridan birida do'stini «ma'danis sidqu vas-safo» (to'g'rilik va soflikning koni), «mahzanul-lutfu val-vafo» (yaxshilik va vafoning xazinasi) deya baholaydi. Muqimiyning «Ko'samen», «Dog'men» g'azaliga Nodim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 427.63 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 427.63 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga