O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYASI FAKULTETI O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI IV KURS (42 -GURUH) BITIRUVCHISI ROZIQOVA GULNOZA 5220100 - Filologiya ta'lim yo'nalishi boyicha bakalavr darajasini olish uchun NODIRA SHE'RIYATIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI MAVZUSIDA YOZGAN BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi: G.Imomova Himoyaga tavsiya etilsin O'zbek filologiyasi fakulteti dekani dots. I.Xudoynazarov 2012-yil QARSHI- 2012 Reja Kirish…… I.BOB. O'zbek mumtoz adabiyotida tarixiy shaxslar obrazlarining genetic kurtaklari I.1. Nodira she'riyatida tarixiy shaxslar obrazi I.2. Oltin beshik voqeasining Nodira lirikasida talqini II.BOB. Tarixiy obrazlar tasvirida badiiy mahorat II.1. Shoir yaratgan obrazlar tasvirida fikr izchilligi II.2. Tarixiy obrazlar talqinida she'riy san'atlarning o'rni Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho adabiy merosni yangicha mezonlar asosida xolisona tadqiq qilish uchun har qachongidan ham dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo'yildi. Prezidentimiz I.A.Karimov dunyo madaniyati va ma'naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo'shgan ijodkorlarimiz asarlarini zamon talablari darajasida tadqiq etish zaruratini quyidagicha ta'kidlagani ham buning isbotidir: Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o'zida mujassam etgan nodir qo'lyozmalarini jiddiy o'rganish payti keldi. Chunki, o'zingizga ma'lumki, sho'rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag'batlantirilmas edi, hukmron mafkuraga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko'zidan iloji boricha yiroq saqlanar edi. Ma'lumki, o'zbek mumtoz she'riyati an'analarini o'ziga xos davom ettirib, xalqimiz ma'naviy hayoti tarixida o'ziga xos iz qoldirgan Mohlaroyim-Nodira adabiy merosi yuzasidan istiqlolga qadar ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Lekin ularda Nodira istifoda etgan tarixiy obrazlar tizimi, ularning turkiy va musulmon xalqlari adabiyoti an'analariga chambarchas bog'liqligi, mazkur obrazlarning o'zbek adabiyotiga kirib kelish jarayonlari, ulardan shoira o'z ijodida qay darajada istifoda etgani, bu tipdagi obrazlarning ijodkor va salaflari asarlarida qo'llanish ko'lami, ijodkor estetik maqsadi va badiiyat mushtarakligi masalalari yaxlit tarzda o'rganilgan emas. Vaholanki, shoiraning dunyoqarashi, hissiyoti, kechinmalari va hayotiy xulosalari mazkur badiiy obrazlar vositasida ifodalangan. Bu esa, o'z navbatida, tarixiy obrazlar, ularga yuklangan o'ziga xos mazmun, bu mazmunning poetik ifodasi masalalarini maxsus o'rganishning dolzarb ekanini ko'rsatadi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. O'zbek mumtoz poeziyasida teran mazmun va betakror badiiyat yuksak darajada uyg'unlashgan nazmiy asarlari bilan munosib mavqega ega shoira Nodiraning ijodi XX asrning ko'pgina adabiyotshunoslari va shoirlari diqqatini o'ziga tortib keldi. Jumladan, Sadriddin Ayniy, X.Zunnun, M.Alaviya, To'xtasin Jalolov, Vohid Zohidov, Lutfulla Olim, O'tkir Rashidlarning shoira tarjimai holi, ijodiy merosiga oid dastlabki tadqiqotlari ma'lum bo'lsa, Nodira hayoti, she'riyatining o'ziga xosligi va badiiyati, devoni qo'lyozmalari tom ma'noda Aziz Qayumov, Mahbuba Qodirova, Nusratullo Jumayevlar tomonidan keng ilmiy doiraga ma'lum qilingan. Xususan, A.Qayumov tomonidan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.21 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.21 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: doc