Nodira. G'azallar

Nodira. G'azallar

O'quvchilarga / Adabiyot
Nodira. G'azallar - rasmi

Material tavsifi

(1792 - 1842) Mohlaroyim NODIRA Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi. Nodiraning onasi - Oyshabegim qizining komila shaxs bo'lib yetishuviga ko'p hissa qo'shdi. Bo'lg'usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo'lgan xonadonda voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo'qon xoni Olimxonning tog'asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog'asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg'ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi. Ular Qo'qonda o'n ikki yil birgalikda baxtiyor hayot kechiradilar. Muhammad Alixon va Sulton Mahmud ismli farzandlar ko'radilar. Shoiraning Nodira, Komila, Maknuna (yashirin) taxalluslari bilan o'zbek va tojik tillarida ijod etgani va asarlarining umumiy miqdori o'n ming misra atrofida ekani aniqlandi. Nihoyat, u haqda adabiyotshunos M. Qodirovaning maxsus monografiyasi maydonga keldi. 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib, Qo'qonni bosib oldi. Uning buyrug'i bilan Nodira, o'g'illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon va nevaralari ham vahshiyona qatl etildi. Nodiradan xalqimizga 2 devon qoldi. Nisbatan to'la deb hisoblanadigan turkiy devonida 189 g'azal mavjud. Ulardan ayrimlari tojikcha. Forsiy she'rlari «Devoni Maknuna»da jamlangan. NODIRA LIRIKASI Eshit radifli g'azali Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit, Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit. Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig', Necha kunlar bo'ldi hargiz qilmading yodim eshit * Nodiraning Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit misrasi bilan boshlanadigan ushbu g'azali, chamasi Amir Umarxonning tiriklik chog'ida yaratilganga o'xshaydi. Unda kuyunchak dil izhori o'z ifodasini topgan, yonginasida turgan yorining vaslidan bebahralik qiynoqqa solgan ayol fig'oni mahorat bilan aks etgan Qilmag'iI, zinhor izhor ehtiyoj g'azali Qilmag'il, zinhor izhor ehtiyoj, Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj. Hech kirn olamda forug'bol emas, Har kima o'z miqdoricha bor ehtiyoj… * Nodiraning ushbu Qilmag'il, zinhor izhor ehtiyoj so'zlari bilan boshlanadigan g'azali Umarxonning vafotidan so'ng yozilganga o'xshaydi. She'rdagi ayrim ishoralar, shoiraning o'z mahzun holatini, muhtojligini bildirmaslikka chaqirishi shunday deyishga asos berganday bo'ladi. Chindan ham olamdagi odamki bor ehtiyojmand, ya'ni nimagadir muhtoj. Birov baxtga, birov davlatga, birov e'tiborga, boshqasi muhabbatga, kimlardir Alloh visoliga, o'zgasi nafsga ehtiyojmand. Muhtojlik shunday kuchki, undan forig' bo'lgan odam yo'q. Kel, dahrni imtihon etib ket g'azali Nodiraning Kel, dahrni imtihon etib ket misrasi bilan boshlanadigan g'azali favqulodda teran fikrlarga boyligi, ifodaning kutilmagan tarzda yorqinligi bilan kishini o'ziga tortadi. She'rning lirik qahramoni dunyoni imtihon etishga, Sayri chamani jahon etib kef'ishga chorlanadi. U - ko'ngil kishisi, ishq ahlidan. Shu bois ham o'zgalarning g'amiga befarq bo'lolmaydi: Bedardlarning jafolaridin Faryod etib, fig'on etib ket. Faryod-u fig'on shu qadar adoqsizki, qahramonning ko'ngli emas, ko'zi ham o'zgalarga saboq berish darajasiga yetgan. Shu bois ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 379.42 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 379.42 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga