Nodirabegim hayoti va ijodi (1792 - 1842)

Nodirabegim hayoti va ijodi (1792 - 1842)

O'quvchilarga / Adabiyot
Nodirabegim hayoti va ijodi (1792 - 1842) - rasmi

Material tavsifi

Nodira 1792-1842 Asrlar davomida Sharq adabiyotida quvonch va gazabni, visol xursandliklari va xijron alamlarini, tinch va osoyishta yashash umidlari va bu umidlar qarshisidagi fojiali xollarni o'z ijodlarida aks ettirgan, ma'suma va munis onalar qalbini, jafokash va bardoshli ayollarning boy ruhiy olamini yuksak nafasda kuylagan o'nlab shoirlar o'tganlar. Bular X1 asrlik Robia, Ismati va Oysha, XP asrlik Munisa Xo'jandiy, Sittixonim Mutriba, X1U asrlik jahonxotun, XU asr Munajjim va Mexri, XU1 asrlik Gulbadanbegim, Gulchexrabegim, XU1-XUP asrlar-Nurjahonbegim va Zebiniso, XUSh-X1X asrlar-Maxzuna, Notovon va Uvaysiy, X1X-XX asrlar Muazzamxon va Nozmixonim hamda Anbar otin va boshqalar qatori shuxrat topgan Moxlar oyim Nodira X1X asr adabiyotida katta va salmoqli o'rinni egallaydi. Mashxur o'zbek shoirasi Nodiraning asli ismi Moxlar oyim bo'lib, XUSh asrning oxirida, aniqrogi 1792 yili Andijonda to'gilgan. Moxlaroyimning otasi Andijon hokimi Raxmonquli biy edi. Raxmonquli biy o'zbek qabilalaridan urugiga mansub oqsuyaklardan bo'lib, Fargona xukmdori Olimxonning togasi edi. Olimxon ukasi Umarxonga Margilon hokimligini beradi. (Bu xakda A.Qayumov O'zbek tili va adabiyoti masalalari jurnali № 1. 37 bet. 1958 yil) va uni togasi Andijon hokimi Raxmonquli biyning qizi Moxlar oyimga) bo'lajak shoira Nodiraga) uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqlliligi, odob va go'zalligi xamma yoqqa doston bo'lgan edi. Umarxon unga goyibona oshiq xam bo'lgan deydilar. Olimxon bu axd orqali o'z togasi va ukasi o'rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini mustahkamlamoqchi bo'ladi. Shunday qilib, Moxlar oyim Umarxon nikohiga kiritiladi. Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixon (Ma'dalixon) davrlarini juda yaxshi bilgan amaldorlardan-tarixchi Hakimxon to'ra Umarxon bilan Moxlaroyimni noxi haqida so'z ochib, Muntaxabut-tarix kitobida quyidagilarni yozadi: Ul vaqt Andijon hukumati Raxmonquli biy, amir Olimxonning togasi erdi, unga taalluq erdi. Raxmonquli biyning ismotida bir qiz bor erdi, ismi Moxlar oyim erdi. Amir Olimxon xoxladkim, ul muxaddarani amir Umarxonning nikohiga kirgizsa, Ma'sumxon to'rani benixoyat xadya birla buyurdikim, Umarxonni Andijonga olib borib axdi nikoh qilib, Margilonga keturib qo'yib kelgil deb ruxsat beradi. Ma'sumxon to'ra Margilonga kelib, shaxzoda o'marxonni domoliqqa taklif qilib, Andijonga olib, yaxshi soatda ul avji saltanatni tovxidi ruxga axd bogladilar. Bu voqea 1808 yilda edi. 1810 yilda Olimxon o'ldirilib, o'rniga ukasi Amir Umarxon taxtga chiqdi. Shunday qilib, Andijon hokimining qizi, Margilon hokimining xotini Moxlar oyim tez fursatda mamlakat malikasi darajasiga ko'tariladi. Oradan 14 yil o'tgach, Umarxon vafot etadi. Saroy axllari o'zaro maslahat qilib, bir ittifoqqa kelib odiraning o'sha vaqtdagi taxminan 14 yoshlarda bo'lgan o'gli Muhammad Alixonni podshox qilib ko'taradilar. Shunday qilib, Qirgiston, qozogiston va O'zbekistonning yarmidan ko'pini o'z ichiga olgan Umarxon davlati 14 yashar Ma'dalixon qo'lida qoladi. Bu go'lakning bunday katta davlatni idora qilolmasligi tabiiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.22 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.22 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga