Nodiraning lirik merosi

Nodiraning lirik merosi

O'quvchilarga / Adabiyot
Nodiraning lirik merosi - rasmi

Material tavsifi

Nodiraning lirik merosi REJA KIRISH 1. BOB. MOHLAR OYIM-NODIRANING TARJIMAI HOLI 2.BOB. NODIRABEGIM LIRIKASI 3.BOB. FORS-TOJIK TILLARDAGI SHE'RLARI XULOSA ADABIYOTLAR RO'YXATI Kirish Shukurkim, homiyi din Nodira sulton bo'ldi, Adlidin bog'i jahon ravzai rizvon bo'ldi. Adlu ehsoni jahon mulkini obod etti, Dahr eli himmatidin xurramu shodon bo'ldi. Muhammad Sharif XVII asr oxiri-XIX asrning birinchi yarmida markazlashgan Qo'qon xonligi o'z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko'tarildi. Mazkur mamlakatda iqtisodiy hayot ancha jonlandi, shu tufayli xalq ma'naviy-madaniy turmushida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Yozma adabiyot, ilm-fan, turli san'at va hunarlar rivoj topdi, Qo'qon tom ma'noda shoirlar, fozillar shahriga aylandi. Bu yerdan o'zbek va tojik adabiyotiga munosib hissa qo'shgan shuaro, ulamolar yetishdi. Mavlono Fazliy Namangoniyning mashhur Majmuai shoiroi (Shoirlar to'plami) tazkirasidan ma'lum bo'lishicha shu davrda Qo'qon adabiy muhitida 85 shoir yashab, ijod etgan. Mazkur tazkiraga kiritilmagan Nodira ham ana shu muhitda kamol topdi. Xalqimizning go'zal, oqila, fozila farzandi tarjimai holiga doir mufassal ma'lumotga ega emasmiz. Shoiraning o'zbekcha devoni debochasida, zamondoshlari asarlarida uning asl ismi, shaxsiyati, din, madaniyat homiysi sifatida qilgan ishlari haqida muhim ma'lumotlar bor. Shoiraning asl ismi Komila bo'lganligini Nodira haqida ilk bor maqola yozgan serqirra ijodkor Lutfulla Olimiy, O'z FA muxbiri a'zolari-Olim Sharafuddinov, Aziz Qayumov, filologiya fanlari nomzodi, shoir O'tkir Rashid o'z maqolalarida alohida qayd etganlar. Saroy doirasida uni Мohlar oyim deb ataganlar. Zamondoshlari Uzlat Nodira, Abdurahmon Mirzo kabilar asarlarida Nodirani Oyim, Xonim deganlar. Komila din, madaniyat homiysi, olijanob ayol sifatida ko'p va хo'b xayrli ishlarni amalga oshiradi: o'z atrofiga ko'plab shoir, san'atkor, fozil kishilarni yig'di, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatladi, ijodiy ishlarni rag'batlantirdi. Oyim qishlog'iga qadam ranjida qilishingiz bilan katta yo'l yoqasidagi dilbar ayol haykaliga ko'zingiz tushadi. U go'yo poyi qadamingiz qutlug', qani biz tomonga mar- habo, deyayotgandek, ark ichidan qarshingizga peshvoz chiqib kelayotgandek. O'zbek mumtoz adabiyotining nuqtadon shoirasi bu yerda ganch holatda qo'nim topganligi bejiz emas. Nainki, Mohlaroyimning Oyim qishloq tuprog'iga poyi qadamlari tekkan uning otashnafas g'azallariga bog'-rog'lar, bulbullar, Qoradaryo suvi, turna ko'z bo'yoqlari guvoh bo'lgan. Nodirabegim irfoniy hikmat va insoniy poklik, ilohiy ma'rifat, ishq-muhabbat, ozodlik kabi g'oyalarining she'r va g'azallarida o'z ifodasini topishi, shoiraning mahorat egasi ekanligini ko'rish mumkin. Shoira Nodirabegimdan qator devonlar va she'riy to'plamlar meros bo'libgina qolmasdan, balki shoiraning o'zbek qizlariga xos ibo-hayosi, yoriga bo'lgan sadoqati ham bo'lg'usi avlod uchun o'rnak bo'lib qoldi. U yaratgan asarlar va u haqidagi asarlar, ilmiy maqolalar, to'plamlar kutubxonalarimiz katalog va kartotekalarida o'z aksini topgan. 1.BOB. NODIRABEGIMNING TARJIMAI HOLI Sharq adabiyotida Robia, Ismati va Oysha (XI asr), Munisa Ho'jandiy, Sittixonim Mutriba (XII asr), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.65 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.65 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga