Nosir Fozilov qissanavis

Nosir Fozilov qissanavis

O'quvchilarga / Adabiyot
Nosir Fozilov qissanavis - rasmi

Material tavsifi

Nosir Fozilov qissanavis Reja: 1. Nosir Fozilov hayoti va ijodi. 2.N.Fozilov qissalarida bola ruhiy olamining rangin qirralari. 3.Adibning ayrim qissalari tahlili. 4. Xulosa. NOSIR FOZILOV (1929-yilda tug'ilan) Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug' dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan bo'lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq qitob chop ettirdi. U 1929-yili Qozog'istonning Chimkent viloyati Turkiston tumanining Koriz qishlog'ida tavallud topdi. Uning ota va onalari dehqonchilik bilan shug'ullangan bo'lsalar ham buvasi Tursunmuhammad A'lam G'urbatiy taxallusi bilan she'rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy Xondaliqiy bilan hamnafas, hamfikr bo'lib, Toshkentda uning uchta she'riy kitobi chop etilgan. N.Fozilovning bolaligi urush davriga to'g'ri kelganligi tufayli ham o'qib, ham mehnat qilgan. Shu sababli u o'z tengdoshlaridan ancha kech, ya'ni 1949-yilda o'rta maktabni tugatadi. So'ng Toshkentga kelib, universitetga o'qishga kiradi va uni 1954-yilda tugatadi. Shundan keyin Gulxan, Sharq yulduzi kabi jurnallarda va Yosh gvardiya, G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotlarida turli lavozimlarda ishlaydi. Adibning birinchi hikoyasi Lening uchquni gazetasida 1953-yilda bosilgan bo'lsa, uning birinchi kitobi 1959-yilda irmoq nomi bilan chop qilinadi. So'ngra Oqim (1962), Robinzonlar (1964), Qush qanoti bilan (1965), Qorxat (1968), Ko'klam qiyoslari (1970), Diydor (1979), Tanlangan asarlar 2 jildlik (1983-1984), Bolaligim-poshsholigim (1989), Bir otar to'pponcha (1995) kabi o'nlab kitoblari nashrdan chiqdi. Nosir Fozilov tarjimon sifatida ram samarali ijod qilmoqda. U Abay, Muxtor Avezov, Sobit Muqonov, G'abit Musrepov, G'abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdujalil Nurpeisov kabi ko'plab qozoq adiblari asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi. Suningek, qirg'iz, qoraqalpoq va o'zga tillardan ham ko'plab sara asarlarni o'zbek tiliga o'girdi. Uning ana shu ijod sohasidagi samarali mehnati zoye ketmadi. 1985-yilda unga Shum bolaning nabiralari kitobi uchun O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G'.G'ulom nomidagi, 1986-yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozog'iston Yozuvchilar uyushmasining Boyimbet Maylin nomidagi, Ustozlar davrasida asari uchun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti beridi. 1990 -yilda u O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi unvoniga sazovor bo'ldi. Nosir Fozilovning ko'plab asarlari o'zga tillarga ham tarjima qilinib, nashr etilmoqda. U 1994-yili o'zbek va qozoq adabiy aloqalari borasidagi katta xizmatlari uchun Qozog'iston Prezidenti ta'sis etgan Tinchlik va ma'naviy hamjihatlik uchun xalqaro mukofotiga sazovor bo'ldi. Xulosa qilib aytadian bo'lsak, Nosir Fozilov ijodi namunalari orqali insonlarni kamtarlikka, mehnatsevarlikka, xushxulq va xushodob kabi xislatlar egasi bo'lishga undagan. Nosir Fozilov bolalar adabiyoti nasrining rivojiga katta hissa qo'shgan ijodkordir. Masalan, adibning Quyoncha hikoyasini oladigan bo'lsak, ushbu hikoyada bahor fasli tasviri beriladi. Mirtoji bobo bahor faslidagi qizg'in ish tufali uyiga bora olmaydi. Nabiralari Bektosh bilan Hoshim maktabdan qaytib, bobolariga ovqat olib borishadi. Bolalar hali yosh bo'lganlari uchun shoshilmay, atrofning go'zalligidan bahra olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.7 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.7 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga