Nosiriddin Rabg'uziy yirik adib va dinshunos. Xorazmning Raboti O'g'o'z qishlog'ida tug'ilgan, u yerda qozilik qilgan. Mo'g'ul istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar «Qisasul-Rabg'uziy» muallifi. Asar mo'g'ul hukmdori To'qbug'aning topshirig'i bilan hijriy 710 yilda milodiy 1310 yozilgan. Nosiriddin Rabg'uziy Asar haqida qisqacha tafsilot 72 qissadan iborat bu asar hamd, na't, muqaddima, qissalar, lirik kechinmalar va xotimadan iborat. Payg'ambarlik tarixi aks etgan bu qissalar yozilishida Qur'on va Hadislardagi hikoyatlardan, Abu Is'hoq Nishopuriyning «Qisasul-anbiyo»si va xalq rivoyatlaridan foydalanilgan. Rabg'uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o'g'li) (13-asr oxiri - Xorazmning Raboto'g'o'z mavzei - 14-asr boshlari) - shoir. Raboto'g'uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og'zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to'g'risidagi qissalarni chuqur o'rgangan. Asarda e'tiqod va imonga sodiqlik, pok insoniy axloqning badnafslik, hirsu hasad, qonxo'rlik va nohaqliklar ustidan g'alabasi tasvirlanadi. Rabg'uziy o'zining «Qissas ul anbiyo» (yoki «Qisasi Rabg'uziy») asari bilan XII - XIV asrlarda o'zbek nasrini o'z davrida yuqori cho'qqiga olib chiqtsi. Undagi qissalarda Shish, Muso, Iso, Sulaymon, Nuh, Dovud, Muhammad kabi payg'ambarlar; Xorut va Morut kabi farishtalar, Qobil va Xobil kabi shaxslar haqida turli-tuman sarguzasht voqealar hikoya qilingan. Asarning eng qadimgi qo'lyozmasi XIV asrning 40-yillarida - muallif hayotligida ko'chirilgan bo'lib, u Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Haq yaratdi tangsuq Odamni tafiz yer ko'rkidin, O'zga surat tuzdi andog' ajun ichra ilkidin. Taxtini ko'turub farishta ujmoh ichra kivurub, Tezginurda chiqmadilar hargiz aning erkidin. Chiqdi havvo birla bo'lub xush tana'um qildilar, Ichtilar ujmoq sharobin,yedilar et erkidin. Bildi asmo ilmini ul etu berdi belguluk, Barcha tillar birla so'zlar tozi forsiy turkidin. O'rkadi besh yuz yil anda jufti birla ovunub, Ichti sharbat sig'raqinda yedi ne'mat tarkidin. Mundi ujmohning buroqin kezdi aning tegrasin, Hulla kizdi egniga ham boshg'a urdi bo'rkidin. Ozdi Iblis makri birla biruk erdi yolg'uzin, Ikki bug'doy yedi chiqti sekkiz ujmoh mulki. Qissasi Odam Safiy Alayhis-salom Qissasi Nuh Nabiy Alayhis-Salom Kun tug'ardin kun botarg'a Nuh yalovoch da'vati, Ellik o'ksuk ming yil erdi ul risolat muddati. Kecha -kunduz o'zi yolg'izqazg'u, emgak yuklanib So'z eshitmaz kofir aro kunda ortdi zahmati. Haqqa Rabbi lotazar deb yalborib qildi duo, Bu ijobatda duodin qirq yil erdi muhlati. Din uchun ko'p qin tortib yuritu haq yorliqni, Bizga so'kunch emgak ichra qolmadi hech toqati. Vasna' al-fulka amri birla yo'ndi uch kat bir kemi Ani mundi etdi ersa xalqqa to'fon haybati. Yagdi yamg'ur,esdi yellar,ostun-ustun olti oy, Ko'rsa mundog' mundinortuq mavlomizning qudrati, O'zi qoldi uch o'g'il ham uch kelinlar etagu, Barcha o'ldi yub tugandi kufru zulmat bid'ati. Qissasi Hud Alayhis-Salom Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil kechib, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
801.68 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
801.68 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: pptx