Nosiruddin Burxonuddin Rabg'uziyning Qisasi Rabg'uziy asarida nazmiy parchalarning ahamiyati

Nosiruddin Burxonuddin Rabg'uziyning Qisasi Rabg'uziy asarida nazmiy parchalarning ahamiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Nosiruddin Burxonuddin Rabg'uziyning Qisasi Rabg'uziy asarida nazmiy parchalarning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Nosiruddin Burxonuddin Rabg'uziyning Qisasi Rabg'uziy asarida nazmiy parchalarning ahamiyati O'tmish merosimizning nodir yodgorligi bo'lgan «Qisasi Rabg'uziy asari va uning muallifi Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziy merosi xalqimiz tarixida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Rabg'uziyning ushbu asari yer yuzining paydo bo'lganidan boshlab so'nggi payg'ambar - Muhammad hayotiga doir bo'lgan voqealarni tasvirlar ekan, ularda kishilarni to'g'rilikka, komilikka, axloqan poklikka chaqirishi bilan yuksak ahamiyat kasb etadi. Rabg'uziy haqida yetarlicha ma'lumot yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan yagona asari «Qisasi Rabg'uziy»da ba'zi ma'lumotlar mavjud. Undagi ma'lumotlar ham to'liq emas. Uning asl ismi Nosiruddin bo'lib, Xorazmning Rabotu O'g'o'z degan joyida tug'ilgan. Asarining muqaddimasida otasi Burhonuddinning O'g'o'z Rabotining qozisi bo'lganligini aytib o'tadi. Asarda o'zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan: «…bu kitobni tuzgan, toat yo'lida tizgan, ma'siyat yobonin kezgan, oz ozuqlik, ko'p yozug'luk (yaxshiligi oz, gunohlari ko'p) Rabot O'g'uzining qozisi Burhon o'g'li Nosiruddin» deya ta'kidlaydi. Rabg'uziy so'zini prof. N. Mallayev «Raboti o'g'o'z»ning birikuvidan kelib chiqqan deya fikr bildiradi. Rabg'uziy XII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan xorazmlik shoirdir. Uning «Qisasi Rabg'uziy» asari o'zbek nasrining qadimiy namunasi. Bu asar islom dinini qabul qilgan mo'g'ul beklaridan biri bo'lgan Nosiruddin To'qbug'aning topshirig'i va homiyligida yozilgan. Asar hijriy 709 yil, milodiy 1309-1310 yil (ba'zi manbalarda 1311 yil) yaratilgan deb ko'rsatiladi. To'qbug'a Rabg'uziyga payg'ambarlar haqida asar yozishni topshiradi va natijada «Qisasi Rabg'uziy» yuzaga keladi. Bu asar Qisas ul-anbiyo, Qisas ul-anbiyoi turkiy nomlari bilan ham mashhur bo'lgan. Asosan, payg'ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o'ziga xos yaratilish tarixi bor: Musulmon sharqida bu mavzuda ko'plab asarlar yaratilgan. Lekin asarda yozilishicha, ularning ba'zisi mustaqim (to'g'ri, haqiqiy) bor, ba'zisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (pucta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor. Shuning uchun han bek To'qbug'a adibning o'qimoqg'a keraklik, o'rganmakka yarog'liq O'tmish merosimizning nodir yodgorligi bo'lgan «Qisasi Rabg'uziy asari va uning muallifi Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziy merosi xalqimiz tarixida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Rabg'uziyning ushbu asari yer yuzining paydo bo'lganidan boshlab so'nggi payg'ambar - Muhammad hayotiga doir bo'lgan voqealarni tasvirlar ekan, ularda kishilarni to'g'rilikka, komilikka, axloqan poklikka chaqirishi bilan yuksak ahamiyat kasb etadi. Rabg'uziy haqida yetarlicha ma'lumot yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan yagona asari «Qisasi Rabg'uziy»da ba'zi ma'lumotlar mavjud. Undagi ma'lumotlar ham to'liq emas. Uning asl ismi Nosiruddin bo'lib, Xorazmning Rabotu O'g'o'z degan joyida tug'ilgan. Asarining muqaddimasida otasi Burhonuddinning O'g'o'z Rabotining qozisi bo'lganligini aytib o'tadi. Asarda o'zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan: «…bu kitobni tuzgan, toat yo'lida tizgan, ma'siyat yobonin kezgan, oz ozuqlik, ko'p yozug'luk (yaxshiligi oz, gunohlari ko'p) Rabot O'g'uzining qozisi Burhon o'g'li Nosiruddin» deya ta'kidlaydi. Rabg'uziy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.25 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.25 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga