Notiqlik san'ati tarixidan Reja: Kirish 1. Ifodali o'qish tarixidan. 2. Aristotel va uning Ritorika asari. 3. Demosfen va Sisteronlarning notiqlik tarixidagi o'rni va o'ziga xos xususiyatlari. Ifodali o'qish, ayniqsa asarning g'oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha janrdagi asarlar bir xilda o'qilmaganidek, barcha ham ifodali o'qiy olish qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa, oliy o'quv yurtlarining ko'pchilik talabalari uzoq vaqt o'zlari mansub bo'lgan sheva ta'sirida bo'ladilar. Sheva ta'sirida ifodali o'qilgan asar mazmuniga esa putur yetadi, uning badiiy-estetik ta'sirchanligi susayadi. Shuning uchun, filolog talabalarni shevalar ta'siridan qutqarish, ularni ifodali o'qishga o'rgatish tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega, asar mazmunini puxta o'zlashtirishda, uning badiiy mohiyatini ochishda yaqindan yordam beradi. Badiiy adabiyot paydo bo'lishi bilan uning ifodali o'qishi, og'zaki ijrochilik taraqqiyoti ham ziddiyatlidir. Jumladan, adabiyot va san'at hali muayyan ma'noda sinkretik xarakterga ega bo'lgan qadimgi davrda badiiy va ifodali o'qish san'ati ham sinkretik xarakter kasb etgan. Chunonchi, bu davrda badiiy adabiyot yaratuvchilari ayni chog'da uning ijrochilari sifatida ko'proq e'tiborga ega bo'lgan. Jumladan, Avestoning yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so'z sehri bilan mo'jizalar ko'rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e'tibor qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik san'ati ham rivoj topa bordi. Masalan, O'rta Osiyoda shoirlar bilan bir qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumnalarda, keng mehnatkash xalq orasida ijro etuvchi san'atkorlar - roviylar toifasi paydo bo'ladi. Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Jumladan, Nizom Aruz Samarqandiy ma'lumotiga qaraganda, Firdavsiy Shohnomani ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf roviylik qildi. Abu Abdullo Rudakiyning roviysi bo'lgan Majid ismli tarixiy shaxs haqidagi ma'lumotlar ham qiziqarlidir. Mashhur sharqshunos A.T.Tohirjonov Rudakiy asarlarining Majid ismli professional ijrochisi bo'lganligini e'tirof etadi va uni chtetsravi deb ataydi. Yirik tojik yozuvchisi, Tojikiston Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi Sotim Ulug'zodaning ma'lumotlariga ko'ra roviylar- badiiy o'qish ustalari bo'lib, xaloyiq o'rtasida Rudakiy, Daqiqiy, Shahid Balxiy, Abdushukur Balxiy va boshqa o'nlab o'zlariga zamondosh va o'tmish shoirlari she'rlarini maxsus ohang bilan o'qirdilar. Xususan, Rudakiyning yoqimli she'ru qo'shilari ularning og'zidan tushmasdi. Ulkan sharqshunos Ye.E.Bertels ham o'rta asrlarda roviylar toifasi mavjudligini e'tirof etadi. Ko'rinadiki, qadimgi badiiy so'z ijrochiligining butun bir yo'nalishi, o'ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhrat va ijtimoiy mavqega ega bo'lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda, mustaqil badiiy ijrochilik ko'rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi. Jumladan, Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so'z ijrochiligi san'atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago'ylik, bazlago'ylik (latifago'ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g'azalxonlik san'ati ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.13 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.13 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: doc