Nozimaxonim hayoti va ijodi

Nozimaxonim hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Nozimaxonim hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Nozimaxonim hayoti va ijodi (1870 - 1924 YIL) Reja: Nozimaxonimning ijodiga munosabat masalasi. Shoiraning hayot yo'li. Nozimaxonim - iste'dodli shoira. Shoira ijodida ijtimoiy qarashlarning ifodalanishi. Nozimaxonim ijodiyotida adolatparvarlik g'oyalari. Adabiyot olamida shunday qalam sohiblari ham borki, ular shoirlikni da'vo qilmaydilar, she'riyatni ko'ngil ishi deb biladilar. Yozmishlari ko'p bo'lmasa-da sanoqli she'rlari bilan ham xalq qalbidan o'rin oladilar, adabiyotimizning qaysidir tomonini to'ldiradilar. Shoira Nozimaxonim ana shunday oz va soz yozgan shoiralardan. Uning bizgacha yetib kelgan mavjud she'rlari 20 taga boradi. Biroq shu bor-yo'g'i yigirma she'ri bilan ham o'zbek adabiyoti tarixida iste'dodli shoira sifatida o'rin oldi. Shoira haqidagi ma'lumotlar ham ko'p emas. Uning she'rlari o'sha paytdagi Taraqqiy, Shuhrat,Sadoi Turkiston, Ishtirokion» gazetalarida chop etilgan. Nozimaxonim hayoti va ijodi haqida ilk bora adabiyotshunos M.Zokirov ma'lumot bergan. Olim shoiraning vaqtli matbuotlarda chop etilgan she'rlarini yig'ib, Nozimaxonim shogirdi ohanguzarlik Manzurabonu Majidova xotiralaridan shoira haqidagi ma'lumotlarni ma'lum tartibga soladi. 1968 yilda chop etilgan Tirik satrlar to'plamida ham shoira hayoti va ijodidan lavhalar berilgan. 1977 yilda professor B.Qosimovning Erksevar shoira deb nomlangan maqolasi shoira hayoti va ijodiga jiddiy bir nazar bo'ldi. 1980 yilda T. Jalolov O'zbek shoiralari kitobida Nozimaxonim hayoti va ijodi uchun alohida fasl ajratdiki, bu shoira ijodini ommalashtirishdagi yaxshi bir xizmat bo'ldi. 1991 yilga kelib, adabiyotshunos olim A. Jalolov XIX asr oxiri XX asr boshlarida o'zbek adabiyoti kitobida Turkistonda yashagan ilg'or fikrli adiblar ijodiyotini tahlil qilar ekan, Nozimaxonim ijodiyotini ham nazardan chetda qoldirmaydi va o'zining munosib bahosini beradi. 2002 yilda esa e'tiborli olim B.Qosimov Milliy uyg'onish kitobida shoira Nozimaxonim hayot yo'li va ijodiy merosini qaytadan jiddiy, atroflicha kuzatib, tahlil qiladi, shuningdek, shoiraning istiqlol yo'lidagi kurash faoliyatini yaqqol ochib beradi, ijodini Vatan va Millat manfaati nuqtai nazaridan xolis baholaydi. Ko'rinadiki, Nozimaxonim hayoti va ijodi adabiyotshunosligimizda har bir davrda o'ziga xos e'tibor bilan kuzatildi va o'rganildi. Nozimaxonim 1870 yilda Toshkentning Beshyog'och dahasida ziyoli oilasida tug'ildi. Uning otasi Mulla Said Ahmad zamonasining ziyoli, peshqadam kishilaridan bo'lib, qizining kelajagi haqida qayg'urib, mukammal ta'lim va tarbiya olishi uchun qo'lidan kelgancha uringan. Said Ahmad aka qizini dastlab eski maktabda, so'ngroq mahalliy xotin-qizlar uchun ochilgan ruscha maktabda o'qitdi. Xotin-qizlarga past nazar bilan qaralgan, ularni o'qish va o'qitish ishlarini mutlaqo keraksiz deb bilgan bu murakkab zamonda bo'lajak shoiraning otasini unga bo'lgan yuqori e'tibori va orzu-umidlari bu kishining o'z davrining yuksak saviyali shaxsi bo'lganligini ko'rsatadi. Shoiraning shogirdi Manzurabonu Majidova o'z xotiralarida Nozimaxonimning rus tilida erkin gaplasha olgani, Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borganligi haqida quyidagilarni hikoya qiladi: «Otincha ayam o'ris tilida yaxshi gaplashar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 432.01 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 432.01 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga