Obraz yaratish yo'llari va turlari Reja: Obraz yaratish yo'llari: jamlash va prototip Obrazlarning turlari Hayot va obraz o'rtasidagi me'yor Personaj. Qahramon Tayanch tushunchalar: Obraz yaratishning jamlash va prototip yo'llari. Realistik obraz. Romantik obraz. Epik obraz. Lirik obraz. Dramatik obraz. Xayoliy - fantastik obraz. Afsonaviy obraz. Mifologik obraz. Majoziy obraz. Kinoyaviy obraz. Satirik obraz. Yumoristik obraz. Ijobiy obraz. Salbiy obraz. Tarixiy obraz. Zamonaviy obraz. Bosh obraz. Yordamchi obraz. Personaj. Qahramon. Adabiyotshunoslik ilmining kuzatishlariga ko'ra obraz yaratishning ikki yo'li mavjud: 1. Jamlash yo'li bilan obraz yaratish. Bu haqda N.G.Chernishevskiy San'atning voqyelikka estetik munosabatlari asarida shunday yozadi: yozuvchi ko'pgina individual shaxslarni kuzatadi; bularning hyech qaysi tip bo'lib xizmat qila olmaydi; lekin u har biridan umumiy tipik xususiyatlarini aniqlaydi; barcha tasodifiy xislatlarni chiqarib tashlab har xil kishilarga xos bo'lgan xususiyatlarni badiiy bir butunlikka birlashtirish yo'li bilan xarakter yaratadi.1 Yozuvchi hayotda ko'rgan, bilgan kishilarining xarakterli xislatlarini miya sandig'iga joylab qo'yaveradi. Tug'ilgan g'oyaga muvofiq tasavvuri ishga tushadi-hayotni bichib, to'qiydi. Tasavvur qalbini, ongini uyg'otadi va unda joylashgan materiallardan, xislatlardan, detallardan keragini tanlab oladi va ularni faollik bilan yakka shaxsda birlashtiradiki, undan tasvirlanishga mo'ljallangan obraz qismati bilan reallashadi. Otabek va Kumush (O'tgan kunlar), Qobil bobo (O'g'ri), Turobjon (Anor) kabi ko'plab obrazlar ana shu yo'nalishning mahsulidir. 2. Prototip asosida badiiy obraz yaratish. Prototip (yunoncha protos-ilk, dastlabki; tupos-nuqta, nisxona)-badiiy obraz uchun asos, nuqta bo'ladi. Hayotda mavjud bo'lgan tarixiy yoki zamondosh shaxsga tayanib yozuvchi obraz yaratar ekan, albatta, yuqorida ta'kidlangan obraz yaratishning barcha unsurlaridan foydalanadi. Agar badiiy obrazni jonli organizm deb faraz qilinadigan bo'lsa-prototip shu organizmning skeleti, badiiy to'qima-uning eti, estetik ideal esa qoni-joni. Tirik organizmning etini skeletidan, skeletini qoni-jonidan ajratib bo'lmaganidek, badiiy obraz organizmidagi prototip badiiy to'qimadan, badiiy to'qimani estetik idealdan uzib olib bo'lmaydi. Ular bir-birlariga payvandlashib, qo'shilib-chatishib ketadi (T.Boboyev, 53-bet). Zaynab va Omondagi Zaynab, O'tgan kunlardagi Musulmonqul cho'loq, Navoiy romanidagi Alisher Navoiy, Yulduzli tunlardagi Bobur kabi qator obrazlar ana shu yo'nalishning ixtirolaridir. Jamlash va prototip asosida yaratilgan obrazlarning jamini adabiyotshunoslik fani shartli ravishda turlarga bo'lib o'rganadi. Odamlar daryodek gap: hammasining suvi bir xil, hamma joyda o'sha suv, lekin daryo goh keng bo'ladi, goh tor, goh tez oqadi, goh sekin, suvi goh tiniq bo'ladi, goh loyqa, goh sovuq, goh iliq bo'ladi. Odamlar ham shunday (L.Tolstoy). Shu sabab badiiy obrazlar judayam rang-barang, turfa xildir. Ijodiy metod taqozosiga ko'ra obrazlar romantik va realistik bo'ladi. Romantik obrazlarda yozuvchi turmush haqidagi orzu va umidlarini tasvirlaydi. Bunday obrazlar, garchi yozuvchi yashab turgan jamiyatda bo'lmasa-da, yozuvchi orzu qilgan voqyelikning ifodasi hisoblanadi. Bunday obrazlar yuksak ko'tarinki ruhda ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.63 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.63 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: doc